So’nggi yangiliklar

22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  0 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  1 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   6 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  59 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7

Vladimir Bubanya: "Umid qilamanki, kubokda ham "Turon"dan ustun kelamiz" Yangiliklar

Vladimir Bubanya: "Umid qilamanki, kubokda ham "Turon"dan ustun kelamiz"

Xabaringiz bor, Pro liganing navbatdagi turida "Andijon" va "Turon" jamoalari o'zaro to'qnash keldi.


Andijon

Vladimir Bubanya - 32'

PRO liga. 15-tur

13/08/2022, 17:00

0
:
1
Tugadi

Turon

45'
90'
32'  Vladimir Bubanya


Uchrashuvda mezbonlarga g'alaba keltirgan yagona golga Vladimir Bubanya mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

-  Vodiy derbisining har ikki jamoa uchun muhimlilik darajasi yuqori turgandi. Qimmatli uch ochkoga esa "Andijon" ega chiqdi. Uchrashuvning ahamiyati yana nimalarda edi? Umuman o'yin surati natijaga mos bo'ldimi?

-  Muhim o'yinda zarur uch ochko olganimizdan xursandman. Biz bu ishni qo'limizdan kelishini isbotladik. CHunki uyda muxlislarimiz qarshisida xato qilishga haqqimiz yo'q. O'yinni nazorat qildik. Raqib ham etarlicha qarshilik ko'rsatdi. 

- "Turon" safida Pro liga to'purari bo'lib turgan Humoyun Murtozaev bor edi. U har bir o'yinda gol urib kelmoqda. Himoyachi sifatida uni qanday zararsizlantirdingiz? 

- Humoyun kuchli futbolchi. Lekin biz ham kam emasmiz (kuladi). 

- "Andijon" brinchi davrada ham "Turon"ni Yaypanda mag'lub etgan edi. Oldinda kubok bahsi kutib turibdi...

-  Umid qilamanki, kubokda ham ulardan ustun kela olamiz. Kim yaxshi ekanligini yana bir bor ko'rsatamiz. 

- Bu g'alaba chempionlik yo'lida katta qadam tashlanganiga ishorami?

- Bo'shashish kerak emas. Oldinda o'yinlar ko'p. G'alabalarimizda muxlislarning ham hissasi katta bo'lmoqda. Ular bilan maydonda 12 kishi bo'lib to'p tepamiz. Qo'llab-quvvatlashayotgani uchun rahmat aytaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика