Vitaliy Levchenkoning assistenti faoliyatini Rossiyada davom ettiradi
04 apr 2024 15:00
Yangiliklar
Vitaliy Levchenkoning assistenti faoliyatini Rossiyada davom ettiradi
"Neftchi" yordamchi murabbiyi Vladimir Ejurov Farg'ona klubini tark etdi.
Vladimir Raimovich Ejurov MFLning "Enisey" jamoasida katta murabbiy sifatida ish boshladi. U mazkur jamoda eski do'sti Andrey Tixonovga ko'maklashadi.
Malumot uchun, "Enisey" MFLda 33 ochko bilan 9-o'rinni band etib turibdi.
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning malumotlariga ko'ra, murabbiy moliyaviy muammolar tufayli klubdan ketgan. "Neftchi" 4 oydan buyon murabbiylar shtabi va xodimlarga maosh to'lamagan. Bundan tashqari, oldingi yillardan bonus va mukofot pullari qolib ketgan. Ejurov o'z qarzlarini so'rab rasman murojaat ham qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar