So’nggi yangiliklar

23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  0 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  9 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  6 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2

Vitaliy Levchenko: "Yo'q joydan ochko yo'qotdik. Yozgi transferlar oynasida mahalliy futbolchilarni o'z tarkibimizga qo'shib olishimiz mumkin" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Yo'q joydan ochko yo'qotdik. Yozgi transferlar oynasida mahalliy futbolchilarni o'z tarkibimizga qo'shib olishimiz mumkin"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yin epizodlarga bo'lindi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda ancha tetik harakat qildik, lekin jamoa to'liq potencialini ishlata olmayapti. Bahs yakunini esa juda yomon o'tkazdik. Gol urganimizdan so'ng raqib o'yinni o'z nazoratiga oldi. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimizda uchta himoyachimizga qarshi bor yo'g'i bitta raqib futbolchisi edi. O'sha vaziyatda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Jamoangiz o'yinni nazorat qildi va barchasi g'alabaga qarab ketayotgan edi, ammo ikkinchi bo'limning so'ngi 25 daqiqasini juda yomon o'tkazdingizlar. O'yin so'ngida jamoangiz o'yinni tashlab yuborishiga nima sabab bo'ldi? Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinga qo'shilib keta olmagandek tuyuldi.

- Fikringizga qo'shilaman. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar o'yin tempiga moslashib keta olishmadi. Balki issiq ob-havo tasir qilgandir, ammo raqib jamoa ham maydonda edi. Raqib bilan bir xil sharoitda edik. Biz o'z xatoimiz tufayli bugun uch ochkoni qo'ldan chiqardik. Yo'q joylarda ochko yo'qotyapmiz. Gol urganimizdan so'ng futbolchilar etiborni yo'qotishmoqda. Ushbu holatni to'g'irlashimiz kerak.

- Keyingi turda "Paxtakor"ga maydonga chiqasizlar. Bugungi omadsiz natija jamoaning kayfiyatiga qanchalik tasir qilishi mumkin? "Neftchi" o'tgan mavsumdagidek "Paxtakor"ni yana mag'lub eta oladimi?

- "Paxtakor" juda sifatli raqib. "Paxtakor" jamoasida aniq bir tizim bor. SHu sababli ularda har doim yuqori sifatdagi futbolchilar o'ynab kelishadi. Qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. O'zimizning kuchli jihatlarimizni namoyish etishimiz kerak bo'ladi. Muhimi "Paxtakor" o'z uslubini namoyish etishga bermaslik.

- Ikkinchi davrada jamoada yangi futbolchilarni ko'ramizmi? Ochiqchasiga aytsak, "Neftchi" jamoasidagi moliyaviy muammolar sababli yangi futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib olishga qiynalmaydimi?

- Oldindan xulosa chiqarmay turaylik. Biz har doim futbolchilarni kuzatib boramiz. Bizga hozircha mahalliy futbolchilar kerak. Sababi o'zimizning futbolchilarga adaptaciya uchun vaqt kerak emas. Legionerlarga esa vaqt kerak. Ular jamoaga kirishib ketishi qiyinroq. Nasib qilsa, qaysidir futbolchini jamoamizga qo'shib olamiz. Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilarning birini "Neftchi"da ko'rishingiz mumkin.




Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика