So’nggi yangiliklar

08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  0 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  6 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  29 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40

Vitaliy Levchenko - "Turon"ning taklifiga nega yo'q degani va OCHL haqida Yangiliklar

Vitaliy Levchenko - "Turon"ning taklifiga nega yo'q degani va OCHL haqida

Ayni paytda Tojikistonning Dushanbe shahrida bo'lib turgan muxbirimiz Kamoliddin Alimov "Istiqlol" jamoasining mashg'ulotidan lavha tayyorladi.

Ushbu lavhadan bevosita jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan suhbat ham o'rin olgan. Quyida uni matnli tarzda etiboringizga havola qilamiz.

"CHempionlar Ligasiga tayyorgarlik barchasi reja bo'yicha ketmoqda. Guruhimiz qiyin. Bilasiz doim "o'lim" guruhidan joy olib kelganmiz. O'yinlar oson o'tmasligi aniq. O'ylaymanki hammasi joyida bo'ladi",- deya gap boshladi Levchenko. 

- "Istiqlol" "Al Hilol" bilan OCHLning o'tgan mavsumida ham to'qnash kelgan edi...

- Ularni o'rganmoqdamiz. Ko'p futbolchilar ketdi. Murabbiy o'zgardi. Barcha jamoalar haqida malumotlarga egamiz. 

- Tarkibga yangi qo'shilganlarning moslashish jarayoni qanday ketmoqda? Xususan "Metallurg"dan kelgan Muhammad Isaev...

- Umid qilamanki, u tezda moslashib oladi. O'zbekiston chempionatida texnika va tekzlikka asoslangan futbol o'ynaladi. SHuni hisobga olsak bu erda ko'nikib olish uchun vaqt kerak. 

- O'zbekistonda 3ta tur o'tkazib bo'lindi. Tojikistonda esa mavsum boshlangani yo'q hali. OCHL oldidan bu to'sqinlik qilmaydimi?

- Fikrinngizga qo'shilaman. Biz o'tgan yili ham shunday holatga tushgan edik. Sifatli yig'inlar orqali tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'sha paytga kelib yaxshi holatda bo'lamiz. Musobaqada bor kuchimizni ishga solamiz. 

- Sizni "Turon"ga bosh murabbiy sifatida taklif qilishgani haqida gap-so'zlar tarqaldi. Keling mazkur vaziyatga oydinlik kiritib o'tsangiz...

- Bunday xabarlar bo'lgani rost. O'zaro gaplashdik. Lekin menda OCHLda jamoam bilan qatnashish imkoniyati bor. SHu bois rozilik bermadim. Agarda keyingi yil yoki mavsum oxirida taklif bo'lsa ko'rib chiqishim mumkin.  




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика