So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

Vitaliy Levchenko: "So'nggi 3 o'yinda 6 ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "So'nggi 3 o'yinda 6 ochko yo'qotdik"

"Neftchi" - "Bunyodkor" uchrashuvidan (1:0) keyin mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vitaliy Levchenko: "Bugun ikki kuchli jamoa to'qnash keldi. Jadval, o'yin sifati bo'yicha bir-biriga yaqin jamoalar uchrashdi va birinchi golni urgan jamoa g'alaba qozonishi kerak edi. O'sha gol egasi biz bo'lganimizdan xursandman.

- Buguni o'yinda tarkibida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi, bu "Olimpik"ga qarshi o'yin oldidan taktikami?

- CHempionat o'rtasiga etib keldik. 8ta turni bitta tarkib bilan o'tkazdik, rotaciyalar bo'lmadi. Bazi futbolchilarda jismoniy charchoq borligi tufayli rotaciya amalga oshirdik. Yangilarda emociya, jismoniy holat boshqacha bo'ladi. Ular bugungi bahsni buzib qo'yishmadi. Asosan tajribalilarni maydonga tushirdik, zaxiradan o'yinga qo'shilgan yoshlar uchrashuvga agressiya qo'shdi va biz maqsadga erishdik.

- Darvozani bugun tajribali Akbar To'raev emas yosh Vladimir Nazarov qo'riqladi.

- Akbar To'raev deryali barcha o'yinlarda davrozamizda edi. So'nggi 3ta bahsda durang qayd etdik, gol uryapmiz, ammo raqib ham darvozamizni ishg'ol qilyapti. Kerakli bo'lgan 6 ochkoni yo'qotdik. "Yunired" bilan bahsda darvozada ishonchli o'ynagan Vladimir Nazarovga bugun imkon berdik va adashmadik.

- Yoshlar jamoasi o'yinlarini ham kuzatib boryapsizmi? Ular orasida asosiy tarkibga "tortadiganlar" bormi?

- Valiev, Ro'ziev va Muhammadovlar o'zini yaxshi ko'rsatishyapti. Hammani kuzatyapmiz. Tarkibda 21 nafar futbolchi bo'lgani uchun yoshlarni asosiy jamoaga qo'sha olmaymiz. Jarohat olganlar o'rniga yoshlarni jalb qilyapmiz. Ular birinchi jamoaga oson ko'nikib ketishmoqda.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика