So’nggi yangiliklar

17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  0 16:38Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17. Таркиблар маълум  2 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  2 15:31"Интер Майами" Неймарга қизиқмоқда. Бразилиялик футболчи "Барса"да Месси ва Суарес билан ўйнаган  1 14:49"Ал Аҳли" Винисиус учун "Реал"га 300 млн фунт тўлашга тайёр  1 13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  8 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  2 12:32"Манчестер Юнайтед" "Реал" ярим ҳимоячисига эътибор қаратди  2 12:02Кевин Амаро: "Ўзбекистон - биз учун сирли жамоа"  2 11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  3 10:30Marca нашри "Реал Мадрид"нинг шорт-листидан ўрин олган уч нафар ҳимоячи номини эълон қилди  3 10:02Футзал. "Сурхон" ва "Нефтчи"да мағлубият. "Бунёдкор" рақибига 8 та гол урди  0 09:33"Олтин тўп" соҳиби: "МЮ - футболчилар қабристонига айланиб қолди"  3 09:05"Реал Мадрид" юлдузи ҳам жароҳат олди  5

Vitaliy Levchenko: "Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o'ylayapman" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o'ylayapman"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- CHetlatish o'yin natijasiga tasir ko'rsatmay qolishi qiyin. Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Son jihatdan kamchilik bo'lsak ham o'yinda ustunlikka ega bo'lgan vaziyatlarimiz bo'ldi. Bugun namoyish etgan o'yinlari uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- "Neftchi" ikkinchi bo'limda mutlaqo boshqacha o'yin ko'rsatdi. Tanaffusda yigitlarga nimalar dedingiz?

- Haqiqatdan ham yigitlar bugungi uchrashuvda juda yaxshi harakat qilishdi. Barcha tushunib turgandi, tarkibda kamchilik bo'lib qoldik va chetlatilgan futbolchining o'rnini o'zimiz to'ldirishimiz kerak. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik. Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar ham juda yaxshi o'yin namoyish etib berishdi.

- Jasur Jaloliddinov nega zaxiradan o'yinga qo'shildi?

- Jaloliddinov terma jamoada o'ynab qaytdi, charchoq bo'lishi tabiiy. Har bir o'yin uchun rejamiz bor, u ikkinchi bo'limda zaxiradan qo'shildi va ko'rdingiz, o'yinimizni yanada kuchaytirdi.

- Vitaliy Levchenko va Tojikiston terma jamoasi atrofida aylanayotgan mish-mishlarga munosabatingiz?

- Ha, bu haqida eshitdim. Hozir "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o'ylayapman.

- Birinchi davra yakunidan so'ng tarkib borasidagi rejalaringiz bormi?

- Ha, albatta, rejalarimiz bor. O'ylangan rejalarni amalga oshirishga harakat qilamiz, buning uchun bosqichma-bosqich jarayon va vaqt kerak.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика