So’nggi yangiliklar

15:05Патрик Виейра "Арсенал"нинг "Манчестер Юнайтед"дан мағлуб бўлиши сабабларини айтди  0 14:37ПСЖ собиқ футболчиси Индонезияда ўйнайди  0 14:04Рой Кин Майкл Кэррик МЮга мос келмайди деб ҳисоблайди: "Икки ўйинда ҳар ким ғалаба қозониши мумкин"  8 13:43Бугунги ўйинлар: “Ал Насср” уйда, АПЛда 23-турнинг охирги баҳси ва бошқалар  0 13:17"Арсенал" "Реал" ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  1 13:09Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  78 12:53Кэррик МЮнинг "Арсенал" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Сити"га қарши ўйин осонроқ ўтганди"  5 12:25Артета МЮ билан ўйиндаги аламли мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 11:58Брайан Мбеумо Робин ван Персининг натижасини такрорлади  3 11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  3 10:40Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди  0 10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  1 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  6 09:01“Арсенал”га қарши драматик ғалабадан сўнг Кунья: “Ана шу баҳслар учун бу клубга келганман"  10

Vitaliy Levchenko: "Eng zo'r muxlislar vodiyda" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Eng zo'r muxlislar vodiyda"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Bugun haqiqiy futbolga mos muhit bo'ldi. Stadionga juda ko'p muxlislar tashrif buyurdi. "Navbahor"ga qarshi qiyin bahsni o'tkazdik. G'alaba qozonishimiz oson bo'lmadi. G'alaba bilan jamoamizdagi barchani tabriklayman. Ishlashda davom etamiz, chempionat hali tugagani yo'q.

- Nima deb o'ylasiz, legionerlar o'zlarini yaxshi his qilyaptimi?

- Biz shunday yo'l tutyapmizki, jamoada hech kimni ajratayotganimiz yo'q. Shuningdek, legionerlar ham bu erda o'zlarini erkin his qilishlari uchun yordam beryapmiz. Jamoada raqobat bor va bu juda yaxshi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha o'ynayapti.

- "Neftchi" chempionlik uchun kurashadimi?

- Biz maydonga chiqib o'z o'yinimizni ko'rsatamiz va har bir raqib bilan kurash olib boramiz. Shunchaki futbol o'ynamaymiz. Lekin chempion bo'lishimizni vaqt ko'rsatadi.

- Bugungi muxlislik darajasini 10 ballik tizimda qanday baholagan bo'lardingiz?

- Bemalol aytishim mumkin, vodiyning har uchala klubi - "Andijon", "Navbahor" va "Neftchi"da muxlislik darajasi juda yuqori. Eng ko'p muxlislar ham, eng zo'r muxlislar ham shu erda. Vodiyda ajoyib ishqibozlar bor, bunga qoyil qolish kerak.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика