So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

Vitaliy Levchenko: "Bugun g'alabaga raqibga qaraganda biroz yaqinroq edik, ammo omad bizdan yuz o'girdi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Bugun g'alabaga raqibga qaraganda biroz yaqinroq edik, ammo omad bizdan yuz o'girdi"

Coca Cola Superliganing 11-turi doirasidagi "Olimpik" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.




O'yin haqida

- O'yin yaxshi bo'ldi. Kurashlarga boy uchrashuv bo'ldi. Biz bugun g'alabaga biroz yaqinroq edik, ammo omad biz tomonda bo'lmadi. Birinchi taymdagi ikkita vaziyatda omad kelmadi. Umuman olganda, uchrashuv menga juda yoqdi. Ikki jamoa ham o'zini yaxshi ko'rsatdi. SHunchaki bugun gol urilmadi. 

- Jamoa avvalgi uchrashuvda ham ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirgan, gol urib g'alaba qozongan edi. Bugun ham shunday bo'ldi. Jamoa asosiy kuchni ikkinchi bo'limga saqlab qo'ymoqdami?

- Yo'q, bizda 21 ta o'yinchi bor. Raqobat etarlicha, jarohatlanganlar ham bor. Rotaciya qilish esa normal holat. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar jamoa o'yinini kuchaytiradi. Qaysidir vaziyatlarda ustunlik biz tomonga o'tadi.

- Hisobga ahamiyat berilmasa, jamoangiz o'yini sizga yoqdimi?

- Hech qaysi murabbiy hammasi yoqdi demaydi. Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Har o'yinda o'z ustimizda ishlab, mukammal o'yin sari intilmoqdamiz. O'yinimiz mukammal emas, bunisi aniq.

- Bugun "Neftchi"ga gol urishga nima etishmadi?

- Birinchi taymda ikkita zo'r vaziyat bo'ldi, biroq gol ura olmadik. Futbol shunisi bilan qiziq. O'yinni oldindan hech qanaqasiga bashorat qilib bo'lmaydi. Realizaciya ustida ishlashimiz kerak. 

- Maoshlar, mukofot pullarining kechikishi jamoa o'yinchilarining kayfiyatiga tasir o'tkazadi deb o'ylaysizmi?

- Bu masalani ommaga olib chiqishni istamagan bo'lardim. Ko'rayotgan bo'lsangiz, futbolchilar bor kuchlarini berib harakat qilishmoqda. Yuqoridagi muammolar esa ertami kechmi echiladi.

- Oxirgi beshta o'yinda "Neftchi" to'rtinchi marta durang o'ynamoqda. "Neftchi"ni hali ham chempionlik uchun kurashda deb hisoblaysizmi?

- Albatta, ha. Hech qanday qo'rqinchli narsa bo'lgani yo'q. Hamma ochko yo'qotadi. Biz o'z ishimizni qilmoqdamiz, futbol o'ynayapmiz. Meni futbolchilarim maydonga chiqib, bor kuchlari bilan harakat qilishayotgani quvontirmoqda. Biz kurashmoqdamiz. CHempionlikka kelsak, oxirgi turlarda turnir jadvaliga qarab, buni bilib olamiz. Muammolar bor, lekin biz bunga etibor qaratmasdan olinga qadam tashlaymiz.

- "Neftchi"dagi asosiy darvozabon kim? Nazarovmi yoki To'raev?

- Bizda 21 ta o'yinchi va ikki darvozabon bor. Yana bir darvozabonimiz hozir U-20 Jahon chempionatida. Bizda raqobat kuchli. Nazarov ham Olimpiya terma jamoasi azosi hisoblanadi. Agarda unga ham imkoniyat bermasak, nega jamoaga chaqirdik? Unga ishondik va Nazarov yaxshi harakat qildi. Akbar ham ajoyib harakat qilmoqda. O'rtada raqobat bor. Futbolchilar maydonga tushishmasa, ular o'sishmaydi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика