So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Majlis kelishilgan o'yinlar masalasini ko'tardi Yangiliklar

Majlis kelishilgan o'yinlar masalasini ko'tardi

Qozog'iston Respublikasi Majlisi ichki futboldagi o'yinlar muammosini ko'rib chiqdi.

Deputat Abzal Kuspan Bosh prokuror Berik Asilovga huquq-tartibot idoralari ishtirokida ana shunday faktlar bo'yicha tergov boshlanishini so'rab deputatlik so'rovi yubordi, deb yozmoqda "Kazinform.

"Tegishli tuzilmalarni jalb qilgan holda Qozog'iston futbolida qayd etilgan kelishilgan o'yinlar faktlarini har tomonlama tekshirishni tashkil qilishingizni so'rayman”, – dedi deputat.

Sportradar xalqaro kompaniyasi malumotlariga ko'ra, 2022 yilda Qozog'iston aniqlangan kelishilgan o'yinlar soni bo'yicha dunyoda 4-o'rinni egallagan.

"Bu adolatsiz o'yin keng tarqalgani va rasmiy etirof etilganini tasdiqlaydi", – dedi Kuspan.

Shuningdek, u Qozog'iston futbol federaciyasi prezidenti Marat Omarov muammo borligini tan olgani, ammo uni hal qilish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar haligacha ko'rilmaganini takidladi. Shu bilan birga, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarida bukmekerlar o'yinlarni liniyalardan olib tashlashi holatlari qayd etilmoqda, biroq bu faktlar o'rganilmaganligicha qolmoqda.

Xalqaro tajriba misolida Kuspan bir qator holatlarni keltirdi:

Germaniya (2005) – hakam Robert Xoyzer kelishilgan uchrashuvlarda qatnashgani uchun 2 yilu 5 oyga qamalgan;

Janubiy Koreya (2011) – 57 nafar futbolchi jazolangan;

Italiya (2015) – klub prezidenti Antonio Pulvirenti javobgarlikka tortilgan, jamoa evrokuboklardan chetlashtirilgan;

Xitoy (2013) – yuqori martabali futbol amaldorlari va hakamlari 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan;

Vetnam (2005) – terma jamoa futbolchilari 3-4 yilga qamalgan.

Deputatning fikricha, bu muammo sport doirasidan tashqariga chiqib ketgan. Davlat organlaridagi qonunbuzarliklar bilan bir qatorda kvazidavlat sektorida, tijorat va nodavlat tashkilotlarida ham firibgarlik sxemalari va moliyaviy maxinaciyalar qayd etilib, etkazilgan zarar miqdori millionlab, hatto milliardlab tengega etadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика