So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Vitaliy Levchenko: "1 ochkoga munosib edik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "1 ochkoga munosib edik"

Superliganing 18-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin oldidan "Paxtakor" nimalar evaziga hujumga o'tishi, o'yin tashkil qilishi, bo'sh hududlardan foydalanishini bilgandik. SHularni bilgan holda biz "Paxtakor" sevadigan bo'sh hududlarni yopgan holda o'yinga reja qildik. Dastlabki o'yinda nima sababdan mag'lub bo'lganimizni taxlil qildik. Bugun esa o'sha xatolarni qilmaslikka harakat qildik. Menimcha, bugun bu reja o'xshadi. Ularga bo'sh hududlar taqdim qilmadik va o'zlari yaxshi ko'radigan tezlikda o'ynashiga yo'l qo'ymadik. SHu orqali munosib bo'lgan 1 ochkoga ega chiqdik. 

- Jasur Jaloliddinov borasida malumot bormi? U qoldimi yoki ketdimi?

- Mening ham bu boradagi xabarlarim sizlar kabi. Jasur haqida hech nima bilmayman. U jamoa bilan emas. SHu sababli savolga to'laqonli javob bera olmayman.

- Ikkinchi bo'limda jamoa ko'proq durangga o'ynagandek tuyuldi. Birinchi bo'limda esa hujumkorroq o'yin ko'rdik. Ikkinchi bo'limdagi o'yin murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmamidi?

- Yo'q. Aksincha, biz kuchlarni yangilab oldik va kuchga to'la Azizni hujumga chorladik. Afsuski, u o'yinga qo'shilib keta olmadi va biz kutgan samara bermadi. SHuningdek, bizda himoyadan hujumga tezkorlik bilan o'tish rejamiz amalga oshmadi, ko'proq vaqtimizni himoyada o'tkazdik va qarshi hujumga chiqa olmadik. Lekin o'yinga biz boshqacharoq yondashgandik.

- Savol Norchaev bo'yicha. Eshitishim bo'yicha uning sog'lig'ida muammolar bor va operaciya qilingan.

- Malumot to'g'ri. Birinchi navbatda viza bo'yicha muammo bo'ldi. SHengen vizasini olib, boshqa davlatda jarrohlik stoliga yotishi kerak edi. SHu sababli u bu erga qaytib, shu erda tiklanish jarayonlarini o'tkazdi. Qachon u yaxshi bo'lsa, safga qaytadi. Yaqin vaqtlarda u operaciya qilinadi.

- Savolim o'yin sifati bo'yicha. Jamoada pasayish kuzatilayotgandek.

- Yo'q. Biz doimo o'z o'yinimizga etibor qaratamiz. "Paxtakor"ga qarshi birinchi o'yinda biz raqibga katta hududlar taqdim qilganmiz va ulardan foydalanib ketishgan. O'yinni taxlil qilgan holda ularga qay tariqa bo'sh hududlar bermaslikni ko'rib chiqdik. Agarda zichroq o'ynamasak, ular kichkina yoriqdan ham o'tib keta olishlarini ko'rdik. Bugungi o'yinni statistikasini qarang, menimcha 70 foiz vaqt davomida "Paxtakor" to'p bilan bo'ldi. Lekin to'pni ushlab turdi degani g'alaba degani emas. Biz raqib kuchidan kelib chiqqan holda o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Bugun jamoa qimmatli ochkolarni boy berdi. "Neftchi"ning sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Agarda turnir jadvaliga qarasangiz, tepada medallar uchun kurashayotgan jamoalar guruh bo'lib olishganini ko'rasiz. Umuman olganda imkoniyat bor ekan, taslim bo'lmaymiz, jadvalda yuqoriroqqa ko'tarilib, medallar olishga harakat qilamiz. Biz shu yo'nalishda ishlayapmiz. "paxtakor"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotish ham unchalik yaxshi natija emas. Biz barcha o'yinlarda uch ochko uchun o'ynayapmiz. Parallel o'yinlarga qarasangiz, "So'g'diyona" so'nggi daqiqalarda bir ochkoni ilib ketmoqda. U erda ham kurash, bosim bo'lgan. Hech qaysi jamoa ochkolarni osonlikcha berib qo'yamayapti va jon-jahdi bilan kurashmoqda.

- Bugungi o'yinda boshqa poziciya futbolchilari himoyada o'ynashga to'g'ri kelganini ko'rdik. Umuman olganda bu sizni qanoatlantirdimi? Kelasi o'yinlarda markaziy himoyada yana asosiy futbolchilar o'ynaydimi?

- Umid qilamizki, futbolchilar safga qaytadi. Zoir Jo'raboev yuzidan operaciya bo'ldi Malayziyada. Anvar G'ofurov esa mushaklaridan jarohat olgan. Uning tiklanishi yaxshi ketyapti va kelasi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Ha, muammolar bor, lekin yigitlar buni tushungan holda sheriklari o'rinni yopishini ko'rsata olishdi va natijaga erishishdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика