Vitaliy Denisov Xitoyga qarshi o'yinga qadar jarohatidan tiklanishi kutilmoqda
16 iyu 2017 17:09
Yangiliklar
Vitaliy Denisov Xitoyga qarshi o'yinga qadar jarohatidan tiklanishi kutilmoqda
Moskvaning “Lokomotiv” klubi safida jarohat olib, operaciya qilingan O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov milliy termaning 31 avgust kuni Xitoyga qarshi JCH–2018 saralash o'yiniga qadar tiklanishi kutilmoqda.
30 yoshli himoyachi jarohati sabab milliy terma jamoa safida Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yini va Eronga qarshi JCH–2018 saralash bosqichi uchrashuvini o'tkazib yuborgandi. Ayni vaqtda u shifokorlar nazorati ostida bo'lib turibdi va tiklanish jarayonini o'tkazyapti.
SHifokorlar xulosasiga ko'ra, Denisov 31 avgustgacha jarohatidan tuzaladi hamda Xitoy bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'ladi. Avvalroq Vitaliy Denisov JCH–2018 saralash bosqichidagi Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi o'yinlarni ham qo'yib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar