Vitaliy Denisov: "Urush bo'lmasin"
24 fev 2022 23:20
Yangiliklar
Vitaliy Denisov: "Urush bo'lmasin"
Futbolchi Ukrainada bo'layotgan notinchliklarga o'z munosabatini bildirdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov ayni damda Ukraina va Rossiya o'rtasida bo'layotgan ziddiyatlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi. Futbolchimiz o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Urush bo'lmasin", -deya yozib qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli o'zbekistonlik futbolchi o'z faoliyati davomida Ukraina hamda Rossiya klublarida o'ynagan. Futbolchi ilk professional shartnomasini CSKA (Moskva) bilan tuzgan. Keyinchalik esa u “Spartak” (NN), “Dnepr” (Ukraina), “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor”, “Tom” va “Baltika” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar