Virjil van Deyk: "'Everton" ustidan g'alaba qozonishga haqli edik, ular durangdan hursand bo'lishayotganligini ko'pchilik aytmoqda"
04 mar 2019 00:05
Yangiliklar


Virjil van Deyk: "'Everton" ustidan g'alaba qozonishga haqli edik, ular durangdan hursand bo'lishayotganligini ko'pchilik aytmoqda"
"Liverpul" himoyachisi van Deyk mersisayd derbisidagi durang (0:0) haqida fikr bildirdi.
Ushbu durang natija Yurgen Klopp jamoasini APL etakchligidan hozircha mahrum qilib teribdi.
"Albatta, natijadan ko'nglimiz to'lmadi. G'alabaga haqli edik. Ko'pchilik ular durang natijani nishonlashishayotganini aytishdi. Bizda uch ochkoni qo'lga kiritish uchun etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Ammo, biz ularni ko'kka sovurdik. Menga bunday o'yinlar yoqadi. 3 ochko uchun kelgandik, lekin buni uddalay olmadik. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun vaqt bor. Biz ushbu o'yinga bor etiborimizni qaratamiz. Albatta, hamma birinsi o'rinda borishni istaydi. Lekin, hozircha turnir jadvalidagi vaziyatni o'zgartira olmaymiz", – deya van Deykning so'zlarini keltirdi Sky Sports nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar