Vinisius: "Keling duo qilamiz"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019, 17:37
"Real" hujumchisi Vinisius Junior o'zining "tvitter"dagi sahifasida "Flamengo" bazasidagi sodir bo'lgan yong'in haqidagi xabarga izoh berdi.

"Qanday qo'rqinchli xabar! Keling ular uchun duo qilamiz!" - deyiladi Vinisius yozgan tvitida.

Oldinroq, Braziliyaning "Flamengo" yoshlar jamoasi mashg'ulot bazasida yong'in sodir bo'lgani e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yong'in oqibatida 10 kishi vafot etgan.

"Flamengo" bazasidagi yong'inda 10 kishi halok bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/vini11Oficial