"Vilyarreal" rossiyalik futbolchini transfer qildi
12 iyu 2021 23:13
Yangiliklar
"Vilyarreal" rossiyalik futbolchini transfer qildi
"Vilyarreal" o'z rasmiy saytida rossiyalik 20 yoshli futbolchi Nikita Iosifovning transferini elon qildi.
Tomonlar 5 yillik shartnoma imzolagan. Biroq futbolchi avvaliga jamoaning yoshlar tarkibida o'ynab turadi.
Iosifov "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa tarkibida 4 o'yinda qatnashgan.
Futbolchi erkin agent sifatida yangi jamoasiga o'tdi.
Fikrlar