"Viloyat Hokimi kubogi-2017" kundaligi: O'n birinchi kun
06 fev 2017 16:06
Yangiliklar
"Viloyat Hokimi kubogi-2017" kundaligi: O'n birinchi kun
“Istiqlol”ga tasanno
Birinchi liga debyutanti “Istiqlol” jamoasi “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Noil Gubanov shogirdlari musobaqada to'rtta uchrashuv o'tkazib, ularning uchtasida g'alaba qozongan bo'lsa, “Neftchi-1” bilan durang o'ynadi.
Natijada jamoa finalga yo'llanma oldi.
“Istiqlol” ko'rsatgan natija tahsinga loyiq. Demak, yangi mavsumda ushbu klub birinchi ligada ham ko'plab jamoalarga bosh og'riq bo'lishi turgan gap.
Finaldan oldingi final
Bir kun oldin “Mashal-1”ni dog'da qoldirib, yarim finalga yo'l olgan qo'qonliklar final ostonasida yana muborakliklarga qarshi maydonga tushishdi. Mazkur uchrashuvga ko'pchilik finaldan oldingi final deya tarif berishgandi. O'yin o'z nomiga yarasha dramatik tarzda kechdi. Birinchi bo'limda muborakliklar hisobni ochishdi. Bundan tashqari, bo'lim yakunlanishi arafasida “Qo'qon-1912” azosi Bahodir Akramov bosh hakam tomonidan ikki marta ogohlantirilib, qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo'lim boshida “Qo'qon-1912-1” jamoasi bosh murabbiyiga ham qizil kartochka ko'rsatildi.
SHunday bo'lsa-da, tashabbusni o'z qo'liga olgan No'mon Hasanov shogirdlari 57-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Andrey Sidorov gol muallifi bo'ldi. SHu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmay qoldi. Natijada g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga navbat berildi. Futbol lotoreyasida omad qo'qonliklarga kulib boqdi. “Qo'qon-1912-1” posboni Nikita Ribkin raqiblarning ikkita zarbasini qaytarishni uddaldi.
Bu esa qo'qonliklarga o'z tarixlarida ikkinchi bor “Viloyat Hokimi Kubogi” finalida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi.
“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”
Yarim final
“Neftchi-2” – “Istiqlol” – 0:1
“Qo'qon-1912-1” – “Mashal-2” – 1:1 (0:1) pen. ser (4:3)
Hakamlar: Olim To'ychiboev, SHerzod Azamov, Javohir Hakimov, Sanjar Rahmonov.
Nazoratchi: Anvar O'rinov.
Gollar: Andrey Sidorov – 57. – Avaz Agaliev-34.
“Qo'qon-1912”: 12. Aziz Ashurov (13. Nikita Ribkin-46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 8. Akmal Xolmurodov, 31. Darko Gojkovich, 33. Jalil Kimsanov (22. Murod Xolmuhammedov-46), 15. Oybek Rustamov (75. Ibrohim Rahimov-90), 6. Bahodir Akramov, 10. Javohir Sidiqov (19. Muhammadanas Hasanov-46), 7. Jamshid Hasanov (28. Avaz Mamatxo'jaev-67, 70. Sobir Hamidov-90), 29. Suhrob Berdiev (17. Andrey Sidorov-46), 18. Bahodir Pardaev.
“Mashal-2”: 35. Javohir Ilyasov, 22. Sergey Kondratev, 17. Maksim Lipin (8. Abdulloh Olimov-46), 29. Asil Begimqulov, 55. Avaz Agaliev, 6. Sardor Abduraimov (13. Jonibek Mirzaqulov-66), 28. Maradona Safarov (90. Zafar To'raev-79), 9. Humoyun Murtazoev (7. Zohir Qo'ziboev-70), 11. Maqsad Muhamedov (19. Jamoliddin Ubaydullaev-52), 2. Iskandar SHoyqulov, 27. Bobur Qosimov.
Zaxira: 12. SHoxrux Eshbo'taev, 18. Abbos Amonov.
Penaltilar seriyasi:
Bahodir Pardaev – 1:0.
Avaz Agaliev – 1:1
Murod Xolmuhammedov -2:1.
Bobur Qosimov – 2:2.
Andrey Sidorov – 3:2.
Abdullox Olimov – 3:3.
Ibrohim Rahimov – 3:3 (darvozabon)
Jamoliddin Ubaydullaev 3:3 (darvozabon)
Sobir Hamidov – 4:3.
Zafar To'raev – 4:3 (darvozabon)
ERTAGA FINAL
Ertaga musobaqaning yakuniy – final bahsi o'tkaziladi. “FarDU” stadionida “Qo'qon-1912-1” va “Istiqlol” jamoalari bosh sovrin sohibini aniqlash uchun maydonga tushishadi. Uchrashuv ham soat 12:00da boshlanadi.
Final
7 fevral
Istiqlol – Qo'qon-1912-1 soat 12:00 FarDU SM
Abror DEHQONOV
Fikrlar