Villianning oldida ikkita taklif bor

Mirjalol Normatov
6 apr 2020, 20:56
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 31 yoshli futbolchini yozdayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, unga PSJ tomonidan ham qiziqishlar bor.

Braziliyalikning "Chelsi" bilan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar davom etadi. Oldinroq futbolchi "Chelsi" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormayotganini ma'lum qilgandi.

Villian: "Chelsi"dan ketadiganga o'xshayman" 

Ushbu mavsumda Villian "aristokratlar" tarkibida 37 o'yinda 7 gol va 5 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail