Villian: "Xiddink bilan ishlash juda yoqimli"

Aslanov Jasurbek
21 may 2016, 15:49
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian Gus Xiddink qo'l ostida ishlash haqida fikr bildirdi.

"U bilan ishlash juda yoqimli, Xiddink juda xotirjam va bizga xuddi otadek! Murabbiy hamma narsani tushunadi va u jamoaga kelganda biz o'zgardik. Gus bilan ishlash juda yoqimli bo'ldi.

"Kelasi mavsumda yashiroq harakat qilishimiz kerak. Agar APLni yaxshi boshlasak, sovrinlar uchun kurasha olishimiz mumkin. Fikrimcha, bu mavsumda o'sishga erishdim" - deydi Villian.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com