Villian MLS doirasidagi "Orlando Siti" - "San-Xose" o'yiniga tashrif buyurdi
23 iyu 2021 16:28
Yangiliklar


Villian MLS doirasidagi "Orlando Siti" - "San-Xose" o'yiniga tashrif buyurdi
"Arsenal" hujumchisi Villian "Eksploriya" stadionining maxsus mehmoni bo'ldi.
32 yoshli braziliyalik futbolchi MLS muntazam chempionati doirasidagi "Orlando Siti" va "San-Xose Ertkveys" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdi.
"Kechki maxsus tashrif - Villian. Biz unga shou yoqishiga ishonchimiz komil", - deyiladi "Orlando Siti"ning Twitter'dagi xabarida.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar