Villian: “Biz yaxshi o'ynadik”
08 mar 2019 08:59
Yangiliklar
Villian: “Biz yaxshi o'ynadik”
“CHelsi” azosi “Dinamo K” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz yaxshi o'ynadik. Birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi. Bunday o'yinlarda vaziyatlardan foydalanish juda muhim. Birinchi bo'limdagidek vaziyatlarni qo'ldan boy bermaslik kerak. Umuman olganda biz o'z ishimizni yaxshi bajardik, endi keyingi o'yin haqida o'ylashimiz mumkin. Kievga, albatta g'alaba uchun boramiz. Keyingi o'yinga ham xuddi shunday kayfiyat bilan borish lozim”,—deydi Villian.
Fikrlar