Villian: “Barselona? Kelajagimni “CHelsi”da ko'rayapman”
13 jan 2019 10:04
Yangiliklar
Villian: “Barselona? Kelajagimni “CHelsi”da ko'rayapman”
Braziliyalik futbolchi uchrashuvda g'alaba goli muallifi bo'ldi.
“APLda oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Biz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish borasida ishlashimiz lozim. “Nyukasl”ga qarshi bellashuvda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Ammo keyingi o'yinlarda bu xatolarimizni to'g'rilay olamiz, deb o'ylayman. Muhimi bu bahsda xarakter ko'rsatib, uch ochkoni qo'lga kiritdik.
“Barselona”ga o'tishimi haqidagi gap so'zlar? Men gazetalarni o'qimayman. Nima haqida gapirayotganingizni tushunmadim. Mening kelajagim “CHelsi”da”, deya Villianning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BTSport.
Joriy mavsumda 30 yoshli braziliyalik futbolchi APLning 21 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 marta jamoadoshlarining gollariga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar