Vilanova Barselonada operaciya qilindi, uning ahvoli og'irligicha qolmoqda
25 apr 2014 18:02
Yangiliklar
Vilanova Barselonada operaciya qilindi, uning ahvoli og'irligicha qolmoqda
“Barselona” klubining sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanova yana sog'lig'i bilan bog'liq muammoga yuzlashdi va uni zudlik bilan operaciya qilishga to'g'ri keldi.
Vilanova oshqozonida o'zgarish sodir bo'lgan. Barselonada klinikalardan birida Tito operaciya qilindi. Hozircha murabbiyning ahvoli og'irligicha qolmoqda.
Vilanovada “Barselona”ni boshqarish jarayonida, aniqrog'i 2012 yilning dekabr oyida saraton xastaligi alomatlari aniqlangandi. 10 hafta mobaynida Nyu-Yorkda davolangan Tito yozda jamoani tark etishga majbur bo'lgan edi.

Fikrlar