Viktor Valdes: “12 yoshimda oyoqsiz qolishim mumkin edi”
10 sen 2015 22:55
Yangiliklar
Viktor Valdes: “12 yoshimda oyoqsiz qolishim mumkin edi”
Biroq Kolumbiyaning “Marlon Becerra Entrevista” dasturi boshlovchisi ispaniyalik posbon bilan intervyuda uning bir qator qirralarini ochib berishga muvaffaq bo'ldi. Marlon Beserra Valdesning kolumbiyalik rafiqasi Yolanda bilan yaxshi tanish va shu orqali u Viktorni suhbatga ko'ndirishga erishdi.
– Qaytarilishini istaydigan kuningiz bormi?
– Bu dunyoga kelgan kunimdir. Hayotimda ro'y bergan ko'plab narsalarni o'zgartirishni istagan bo'lardim. Barchasini boshidan boshlardim. Albatta, yorqin vaziyatlar ko'p bo'lgan. Uch farzandimning tug'ilishi yoki futbolda qo'lga kiritilgan sovrinlar. Lekin egoist sifatida boshidan boshlashni xohlagan bo'lardim.
– Aynan nimani o'zgartirardingiz?
– Qaytadan tug'ilsam, darvozabon bo'lmasdim. Yoshligimdan iqtidorim borligi haqida gapirishardi. Hayotim holatlar tufayli men professionalga aylandim. Menga ishonishdi va omadim kuldi, biroq bu oson yo'l emas va men azobli yillar uchun etarlicha haq olmadim. Menda juda ko'p yomon kunlar bo'ldi. Men har narsaga quloq soladigan ishlashga rozi bo'ldim, biroq xotiramda minglab salbiy lahzalar bor.
– 895 daqiqa gol o'tkazib yubormagansiz.
– Statistika to'g'risida gapirishni yoqtirmayman. Farzandlarimning tug'ilgan kunlarini ham yodda saqlamayman. SHaxsiy tarafdan ko'p narsalarga erishdim, lekin asosiy yutuq sifatida “Barselona” bilan erishilgan uchta CHempionlar ligasi kubogidir. SHaxsiy yutuqni jamoaviy g'alabadan ustun qo'yish xayolimga ham kelmagan.
– Maydonda bo'lish yaxshiroqmi yoki atrofda tomosha qilishmi?
– Futbolda hamisha xavfli holatlar ehtimoli mavjud. Qo'rqish foydaliroq ham. Muhim o'yinlardan avval asabiylashib, o'zingizni malum holatda ushlaysiz va hushyor bo'lasiz. Asosiysi – qo'rquvni nazorat qila olish. Lekin bazan maydonda bo'lishni istamaysiz.
– Biror o'yin yozuvini saqlaysizmi?
– Men faoliyatimdagi eng muhim voqea sanalgan “Barselona” va “Arsenal” o'rtasida 2006 yilgi CHempionlar ligasi finali yozilgan “DVD” diskni saqlayman. O'sha tundan keyin faoliyatim yuqoriga qarab ketdi. Men yana va yana o'sha holatlarni tomosha qilaman, muxlislar bilan g'alabani nishonlab, kubokni boshimiz uzra ko'targan unutilmas vaziyatni.
– O'zingizni qachondir boshqa kasbda ko'rganmisiz?
– Ha, ko'p marta. Ayniqsa, barchasi yomon ekanligida. Bu men sharoitdan kelib chiqib bajarishim mumkin bo'lgan va daromad keltiradigan har qanday ish bo'lishi mumkin.
– Kinematografiya to'g'risida gaplashganda har safar ko'zlaringiz yonadi. O'zingizni kinoda sinab ko'rmaysizmi?
– Men kabi kinoni xush ko'radiganlar o'zlariga o'xshash qahramon rolini o'ynashni xohlaydi. Biroq bu doiraga kirish juda qiyin. Ko'pchilik yillar davomida bu haqida orzu qiladi.
– Kasbingiz to'g'risida qanday o'ylaysiz?
– O'zimni ustunlikka ega deb hisoblayman, biroq yaqinlarim hamisha futbol va darvozabon poziciyasi haqida fikrlarimni bilishgan. Bu to'g'rida kitob ham yozganman. Qiyinchiliklarni engish uchun ruhshunosga murojaat qilishimga to'g'ri kelgan.
– Biror o'yin holatida jarohat olishingiz mumkinligini oldindan his qilasizmi?
– Biz, futbolchilar o'zimizga har qanday to'qnashuv jarohat bilan tugashi haqida hisobot beramiz. Masalan, o'tgan mavsumda o'zim ko'p marta tushgan o'yin holatida tizzamdan jarohat oldim, avval biror marta lat emagandim. Biroq o'sha kuni yiqilayotib to'p haqida o'yladim. Faoliyatimni qutqarib qolgan shifokorning fikricha, o'sha vaziyatda miyam tizzamni himoya qilishdan ko'ra kproq to'p to'g'risida o'ylash bilan band bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan u haq bo'lganini tushundim.
– Qaysidir o'yin natijasini o'zgartirishni xohlarmidingiz?
– Yo'q, lekin uyda “Selta” bilan uchrashuvda jarohat olgan kunimni o'zgartirgan bo'lardim. Barchasi hakam Aysa Gomes penalti belgilaganidan boshlandi. Sardor sifatida unga bosim o'tkazmoqchi bo'ldim. Yon hakam bilan maslahatlashgan Gomes hayotimni o'zgartirib yuborgan jarima zarbasini belgiladi. Agar penalti bo'lganida jarohat olmagan bo'lardim. Sardor bo'lmasam, hakam bilan bahslashmasdim va oldindagi holatlar yuzaga kelmasdi.
– Ro'y bergan holatdan qanday saboq oldingiz?
– Mendan yuz o'girganlar, futbol dunyosi, o'zimni nogirondek his qilishimga sabab bo'lganlar haqida gapirishni xohlamayman. O'sha voqea tufayli yana oddiy inson hayotini ochdim. Germaniyaga davolanish uchun jo'nadim. Og'ir bo'ldi, lekin har qanday holatda tiklanishga qaror qildim. Futbolchilar o'ylab topilgan dunyoda yashayotganini tushundim. Xuddi asl holatga qaytgandek bo'ldim. Kofe uchun o'zim to'ladim, tramvayga chipta sotib oldim, yoqtirgan musiqamni aravada tingladim. Augsburgda o'tgan 3 odam men yana oddiy insonga aylandim. Bu tajribani hech kim tortib ololmaydi.
– O'zingizni superyulduz deb hisoblaysizmi?
– Hech qachon superyulduz bo'lmayman, chunki menda jiddiy jarohat bo'lgan. Bunday holatda futbol senga boshqa yo'lni ko'rsatadi. Sen endi kerak emassan. Ammo o'zing istasang, yana kerak odamga aylanasan. Katta xohish kuchi barcha qiyinchilikni engib o'tishda yordam berishi kerak.
– Penalti bilan bog'liq vaziyatda nimani his etasiz?
– Darvozabon ko'pchilik o'ylagandan ko'ra yaxshiroq holatda bo'ladi, u o'yinchidan qo'rqmaydi. Qarshingda Messi yoki Ronaldumi, ko'p narsa yo'qotmaysan. Zarbani qaytarsang qahramonsan, o'tkazib yuborsang hech kim ayblamaydi. Men hamisha futbolchilarning qanday tepishi, qanday turishi, ularning statistikasini o'rganib chiqib, ularni asabiylashtirishga harakat qilaman.
– Mashhurlikka munosabatingiz qanday?
– Mashhurlikni yoqtirmayman. Kech kirganda bolalar bilan o'ynab, o'yinni o'rganaman, projektorlar yonganda ularga omad tilayman. O'yindan keyin esa hech kim meni topa olmasligi uchun urinaman. Mashhurlikdan zavqlanadigan Ronaldino singari futbolchilar bor. Unga hamisha etibor markazida bo'lish yoqqan, mashhurlikdan o'ziga ijobiy hislar olardi.
– Darvozabonni hujumchi va himoyachidan nima ajratib turadi?
– Yolg'izlik. Barcha muammolarni bir o'zing engib o'tasan. Xato qilganingda boshqalarning boqishida o'qiysan: uning aybi bilan yutqazdik. Uyga tamom bo'lgan holda qaytasan, biroq bu bolalikdan xarakterni tarbiyalashga yordam berdi.
– Ijtimoiy tarmoqlarda sizga ko'p yozishadi.
– Meni bolalardan “Tvitter” va “Feysbuk” orqali kelgan xabarlar etiborimni tortadi. Ular yuborgan xabarlarini o'qimaydi deb o'ylashadi, men esa barchasini o'qib chiqaman. Menga yozayotganlar 10 yoshda, men esa 33daman, lekin biz bir xilmiz – darvozabonlarmiz. Ular, bolalar bilan bo'lish mening yo'lim. Ular hech qachon aldamaydi.
– Futboldan qanday chalg'iysiz?
– CHalg'ishimga sabab ikki narsa bor: rok-n-roll va kino. Rok hamisha qo'rquv bilan kurashishimga yordam bergan.
– Murabbiylardan nimalar o'rgangansiz?
– Bir safar jamoam 6:1 hisobida yutdi, biroq men o'tkazib yuborilgan yagona golda yaxshiroq o'ynay olishimni bilganim uchun asabiylashgandim. Pepning ikkinchi murabbiyi Segura men bilan kiyinish xonasida gaplashdi va nima uchun jamoa yutganiga qaramay, o'zimni dunyodan xafa ekanimdek tutayotganimni so'radi. U yaxshiroq o'ynay olishim mumkinligiga qo'shildi, shu bilan hisob 0:0 paytida necha marta jamoani qutqarganimni esladi. U meni yaxshiroq narsalarni eslashga va bir omadsizlikka bog'lanib qolmaslikka o'rgatdi. Qiyin daqiqalarda hamisha uning so'zlarini eslayman va menga engil bo'ladi.
– Murabbiyning eng qimmatli tarafi nimada?
– Muloqot. Gvardiola bilan ishlaganimdan baxtiyorman, u kimga nimani va qanday aytishni biladigan haqiqiy professor. Murabbiy uchun eng qiyini kalondimog'likni bir chetga surib, o'yinchiga nima xoxlayotganini etkazib berishdir.
– Kim bilan muloqot qilish sizga oson bo'lgan?
– Barcha bilan. Hazilkashman, bunday narsalar yoqadi. Hazilimni qabul qilganlar haqiqiy do'stlardir. Xavi kabi. Biz birgalikda ko'p narsalarni boshdan o'tkazdik. Aynan shu do'stlikdir.
– Mashhur darvozabonlardan kimlar idealingiz bo'lgan?
– Oliver Kan va Santi Kanisares. Ularga qarshi o'ynaganman. Kanisares menga hurmat bilan munosabatda bo'lgan, Kan bilan omad kamroq kulib boqqan. Bir marta o'yindan keyin undan futbolkasini so'raganman, biroq u yaxshi kayfiyatda emasdi.
– Messi qanday?
– Haqiqiy iqtidor. Leo yildan-yilga doimiy bosim ostida, eng yaxshi ekanligini tushunib, o'sib bordi. Unda imkoniyatlar cheklanmagandek ko'rinadi.
– Hayotingizdagi eng muhim uchrashuv qaysi?
– Xarakterim og'ir. Rafiqam Yolanda sabri uchun eng buyuk mukofotga munosib.
– Siz uchun hozir qo'rquv nima?
– Ayni paytda umuman boshqa narsalardan qo'rqaman. Otaman, uch farzandim bor, ular uchun qayg'uraman. Avval motociklga o'tirib, hayotimni xavf ostiga qo'yib, nomalum yo'nalishga otlanardim. Endi esa birinchi navbatda ular haqida o'ylayman va boshqa bunday yo'l tutmayman.
– O'zingizni aybdor qiladigan ishingiz qaysi?
– “Barselona” bilan xayrlashish men xohlagandek o'tmadi. Bunga Germaniyada davom ettirishim zarur bo'lgan davolanish va xarakterim yo'l qo'ymadi. Men ajralishdim va ketdim. Muxlislar mendek o'yinchidan ko'proq narsa kutishgandi.
– Hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan vaziyatni ayta olasizmi?
– 12 yoshligimda bo'lgan. O'shanda “Barselona”da edim. Oyoq muskulimda birdaniga o'tkir og'riq his qildim. Keyin u butun oyog'im bo'ylab tarqaldi. SHifoxonada bir hafta nima bo'layotganini bilmasdan yotdim, shifokorlar esa menda oyog'imdagi katta suyakni eyishni boshlagan bakteriyalarni topishdi. Ular organizmimga qo'limdagi lat eyishlar orqali kirib kelgandi. Juda qiyin payt edi, oilam qanday azob chekayotganini ko'rardim. Hech kim nima bo'lishini bilmasdi, oyog'imni kesib tashlashlari ham mumkin edi. Buni qanday tushuntirishni bilmayman, meni saqlovchi farishtalar tufayli kasallik ortga chekindi va oyog'im sog'lom o'sishda davom etdi. Barchasi yaxshilik bilan tugadi.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar