So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Bu firibgarlarning nayrangimi?" "Nottingem Forest" zaxira darvozaboni Braziliya terma jamoasidan taklif olgani haqida Yangiliklar

"Bu firibgarlarning nayrangimi?" "Nottingem Forest" zaxira darvozaboni Braziliya terma jamoasidan taklif olgani haqida

"Nottingem Forest"ning ikkinchi darvozaboni, joriy mavsum Liga Kubogi doirasida "Suonsi Siti"ga qarshi (2:3) o'yindagina maydonga tushgan, Jon Viktor Braziliya terma jamoasining oktyabr oyidagi uchrashuvlariga taklif olgani va unga ilk reakciyasi haqida aytib berdi.

Eslatib o'tamiz, "Man Siti"ning endilikda sobiq darvozaboni Ederson Moraes jarohat tufayli 10 va 14 oktyabr sanalaridagi o'yinlarda ishtirok etolmasligi sabab, Jon Viktor termaga taklif etilgan. 

Qayd etib o'tamiz, Karlo Anchelotti shogirdlari Janubiy Koreya (5:0) va Yaponiyaga (2:3) qarshi o'yinda maydonga tushdi. "Nottingem" posboni har ikki bahsda terma jamoada ham zaxira o'rindig'ida o'tirdi.

"Men uchun bu unikal va butkul o'zgacha tuyg'ular edi. Men klub o'yiniga ketayotganimda, avtobusda bu xabarni bilgandim. O'sha payt karaxt bo'lib qoldim va kimdir xazillashyapti, deb o'yladim. Menda (Serjiu) Dimasning telefon raqami yo'q edi (Braziliya terma jamoasi rahbari – tahririyat); u bilan "Santos"da birga ishlaganmiz va aynan u xat yubordi. Ular mendan pasportimni so'rashdi va birinchi kelgan fikr: "Oxo, bu nima, firibgarlarmi?".

Bilmaymanku, hozir zamon notinch… ammo keyin u bu terma jamoaga taklif ekanligi va zarur hujjatlarni tayyorlash uchun kerakligini aytganida o'zimda yo'q xursand bo'ldim. Buni Igor (Jesus) bilan yo'ldayoq nishonlab, "Nyukasl" bilan o'yinga ketdik. Bu chindan ham unutilmas lahzalar edi".

Eslatib o'tamiz, Viktor shu yilning yozida ingliz klubi safiga ko'chib o'tdi. Bungacha u Braziliyaning "Botafogo" klubi sharafini himoya qilib kelgan va AQSHda o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ECHLning amaldagi g'olibi PSJni 1:0 mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика