Arteta Gyokeresh "Arsenal" uchun foydali ekanligi haqida gapirdi
21 okt 18:42
Yangiliklar
Arteta Gyokeresh "Arsenal" uchun foydali ekanligi haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa markaziy hujumchisi Viktor Gyokeresh haqida to'xtalib o'tdi.
"Menimcha, unga moslashish uchun vaqt kerak emas. Menimcha, u juda zo'r. U o'zining harakatlari orqali bizga to'p bilan va to'psiz ko'plab variantlarni taqdim etadi", – dedi Arteta Chempionlar Ligasi o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, shveciyalik futbolchi hozircha "Arsenal" uchun rasmiy o'yinlarda bor-yo'g'i 3 ta gol urdi. APL 2-turida "Lids"ga ikkita gol urgan bo'lsa, 4-turda "Nottingem Forest" darvozasiga 1 ta to'p kiritdi.
Gyokeresh so'nggi ikki mavsumda Lissabonning "Sporting" jamoasida harakat qilgan va "Oltin to'p-2025"da 15-o'rinni egallagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar