Arteta Gyokeresh "Arsenal" uchun foydali ekanligi haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025, 18:42
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa markaziy hujumchisi Viktor Gyokeresh haqida to'xtalib o'tdi.

"Menimcha, unga moslashish uchun vaqt kerak emas. Menimcha, u juda zo'r. U o'zining harakatlari orqali bizga to'p bilan va to'psiz ko'plab variantlarni taqdim etadi", – dedi Arteta Chempionlar Ligasi o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, shvetsiyalik futbolchi hozircha "Arsenal" uchun rasmiy o'yinlarda bor-yo'g'i 3 ta gol urdi. APL 2-turida "Lids"ga ikkita gol urgan bo'lsa, 4-turda "Nottingem Forest" darvozasiga 1 ta to'p kiritdi.

Gyokeresh so'nggi ikki mavsumda Lissabonning "Sporting" jamoasida harakat qilgan va "Oltin to'p-2025"da 15-o'rinni egallagan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London