Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"
25 sen 2021 19:15
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"
- O'yin haqida
- Rostini aytsam, kayfiyatim yo'q. Ikki jamoa ham kurash olib borishdi. Afsuski, ikkinchi o'yindirki, so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuboryapmiz. Penalti qanday yuzaga kelganini bilmayman, palapartishlik ro'y berdi. U holatda hamma qoidani buzdi. 1:0 vaqtida albatta, narigi tomonga penalti berishyapti. Bizga esa bunday emas. Emociyaga berilib gapirayotgandirman, bir oz xafaman.
- Jamoangiz darvozabonining o'yinidan qoniqmadingizmi? Etiroz bildirdingiz...
- To'pni yaqinimizdagi hududga emas, uzoqroqqa tepish kerak, shuning uchun etiroz bildirdim. Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi. Futbolchilarimiz to'pni qaytarishlariga ishonishgandi.
- Sizningcha, "Paxtakor" Qozog'iston premer-ligasida o'ynaganida, taxminan qaysi o'rinni band etgan bo'lardi?
- Etakchilar qatorida yurgan bo'lardi. "Qayrat", "Astana" kabi jamoalar bilan raqobatlashardi.
- "Andijon" futbolchilari vaqtni ko'p cho'zishdi. Bu sizning topshirig'ingizmidi?
- Qaysi murabbiy "gol urib, vaqtni cho'zinglar", deydi? Aksincha, men ularga qarshi hujumdan unumli foydalanishni buyurdim.
- Qaysi jamoalar Superligadan tushib ketadi deb o'ylaysiz?
- Asosiysi, biz tushib ketmaylik. Meni shu qiziqtiradi.
- "Andijon" o'tgan o'yinga nisbatan kombinacion o'yin ko'rsatdi...
- Qancha ochko to'plaganimizni qarang. Kombinacion futbol namoyish qila olamiz, ammo bizga ochko zarur. Superligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar