Superliganing 2025 yildagi eng yaxshi murabbiyi Qozog'istonda ishlaydi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 14:30
Tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko Pavlodarning "Irtish" klubiga maslahatchi etib tayinlanadi.

Bu haqda asnews.kz xabar berdi. 

53 yoshli mutaxassis Pavlodarda asosiy jamoa faoliyati hamda akademiyani rivojlantirish uchun javobgar bo'ladi. Shuningdek, u Pavlodar viloyati hokimiga hududda futbolni rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchi sifatida ham ish olib boradi.

Avvalroq belaruslik mutaxassis Aleksandr Sednev "Irtish"ning yangi bosh murabbiyi Samat Smakovga yordamchi sifatida ko'rib chiqilgandi, ammo u "Dinamo" Brest klubida qoladigan bo'ldi.

Qayd etilishicha, "Neftchi" sobiq bosh murabbiyi Levchenko yakuniy qarorini tez orada qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asnews.kz