So’nggi yangiliklar

21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  3 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  6 20:18"Реал" "Бенфика" футболчиснинг трансфери борасида келишувга эришди  2 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  1 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  2 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  13 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  4 17:43Венгер: "Менимча, Клублар ўртасидаги ЖЧ зарур"  4 17:16"Реал" футболчисининг жароҳати қайталанди  0 16:49Бундеслиганинг ТВ бўйича 2025/26 йилги мавсум учун пул тақсимоти: ҳар бир клуб қанча олади?  1 16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  21 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  1 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  8

Viktor Kumikov: "O'quv-mashg'ulot yig'ini rejalashtirganimizdek o'tdi" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "O'quv-mashg'ulot yig'ini rejalashtirganimizdek o'tdi"

"Olmaliq"ning Antaliyada tashkil etgan o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etdi.

"Olmaliq" dastlabki xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inini 11-25 yanvarda tashkil etgandi. Yig'in davomida uch marta o'rtoqlik o'yini o'tkazib, ikki g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgandi. 30 yanvarda jamoamiz navbatdagi o'quv-mashg'ulotlarini ham xorijda Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirish uchun yo'l oldi. Bu galgi mashg'ulotlar jarayoni 20 fevralga qadar davom etdi. Bu vaqt mobaynida jamoa 6ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Bunda 1 g'alaba, ikki durang va 3 mag'lubiyat qayd etildi. Har ikki yig'inda jamoa safida bir qator xorijlik futbolchilar ko'rikdan o'tishdi. Umumiy xulosa qilsak, jamoaning yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayoni reja asosida alo darajada o'tdi.

Yig'in yakunida jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan qiziqdik.

- Jamoamizning bu galgi o'quv-mashg'ulot yig'ini ham rejalashtirganimizdek o'tdi. Yig'in davomida bir qator nazorat o'yinlari o'tkazib, turli taktik ishlanmalarni sinovdan o'tkazdik. Bu o'yinlarda natija birinchi o'ringa qo'yilmaydi. Eng asosiysi futbolchilarni nechog'li mavsumga tayyorligini ko'zdan kechirib oldim. Ayni vaqtda 2017 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya etuvchi tarkibimiz aniq bo'ldi. Mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi 24 fevraldan Toshkentda davom ettiriladi va u "Buxoro" bilan o'tadigan birinchi tur o'yiniga qadar bo'ladi. Bu oraliqda yana bitta nazorat o'yini o'tkazishni rejaga kiritganmiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика