Viktor Kumikov: "Ildar Mamatkazin safimizga qaytganidan xursandman"
08 apr 2022 18:46
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Ildar Mamatkazin safimizga qaytganidan xursandman"
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Andijon" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Viktor Kumikov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinni nazorat qildik. G'alaba qozonishimizga ishonch ortgach ayrim futbolchilarni zaxiraga olishga qaror qildik. CHunki jarohat olganlar bor edi. Bugun imkoniyat berilgan yosh futbolchilar ishonchlarni oqlashdi, deya olaman. SHerzod Esonov gol urganidan xursandman. 3:0dan keyin bo'shashimiz tabiiy edi. Futbolchilar yutdik, degan hayolga borishdi shekilli. Muhimi - g'alaba. "Yangier" kurashuvchan jamoa. Faqat qanday taktikada maydonga tushishi jumboq bo'lib turgandi.
Ildar Mamatkazin yarim oy maydonga tushmagandi. U jamoa sardori sifatida yaxshi harakat qildi. Safimizga qaytganidan xursandman. Keyingi raqibimiz "So'g'diyona" Superliga jamoasi. Ularning o'yinlarini ko'rib yana tahlil qilamiz",- deydi Kumikov.
Fikrlar