So’nggi yangiliklar

03:05Конференциялар лигаси. "Челси"дан ишончли ғалаба, Антонидан гол+пас, "Фиорентина" ҳам чорак финалда  0 02:55Европа лигаси. Брунудан хет-трик, "Тоттенхэм"дан камбэк, "Лион"дан йирик ғалаба  6 02:30Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" 90+11-дақиқадаги гол эвазига ғалаба қозонди  0 01:45Лукас Васкес: "Реал" "Атлетико"дан яхшироқ эди"  8 01:10"Барселона" 33 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  2 00:58Европа лигаси. "Аякс" турнирдан чиқиб кетди, "Лацио" кейинги босқичда!  1 00:40Европа лигаси. "Рома" юришини тўхтатди  51 23:46Германия термасининг Италияга қарши ўйинлар учун қайдномаси эълон қилинди  4 23:25Руни: "МЮдан 10-15 футболчи кетиши керак"  3 22:41Асрор Ғофуров собиқ жамоасига қайтди  3 22:20Суперкомпьютер ЕЧЛ ғолибини тахмин қилди  36 21:38ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  4 21:12УЕФА Альварес вазияти бўйича баёнот берди  30 20:54"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  6 20:30Владимир Бубанья: "Охиригача "Андижон" жавобини кутдим"  11

Viktor Kumikov: "Hamma o'z bilganicha o'ynasa, natija har doim shunday bo'ladi" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Hamma o'z bilganicha o'ynasa, natija har doim shunday bo'ladi"

Coca-Cola Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (1:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- Hammasi rejalashtirilganidek, yaxshi davom etayotgandi. Qarshi hujumlarga turib bera oldik, standartlarga ega bo'ldik, ammo 2-goldan keyin negadir pala-partish o'yin ko'rsata boshladik. Futbolni taktik tarafdan to'g'ri va murabbiy aytganidek o'ynash kerak. Hamma o'z bilganicha o'ynasa, natija har doim shunday bo'ladi. 

- Mag'lubiyatga asosiy aybdor kim bo'ldi?

- Kimnidir asosiy aybdor deyolmayman. Butun jamoa yutqazdi. Hammamiz aybdormiz. 

- 4 ta gol o'tkazib yuborish alamli. Bunday mag'lubiyatni hech kim kutmagandi...

- Biz ham kutmagandik. Birinchi taymda qulay vaziyatlarni qo'ldan boy berdik. Ikkinchi goldan keyin hammasi o'zgarib ketdi. Ruhiy tomondan dosh berolmadik. 

Ikkita o'yinni yutib olsak, barchasi yaxshi tomonga o'zgaradi. To'xtab qolmaymiz, hali oldinda ko'p o'yinlar bor.

- "Mashal" bilan mehmondagi o'yinda g'alaba qozona olasizlarmi? Bunga shaxsan ishonasizmi?

- Bunga doimo ishonaman. Asosiysi, futbolchilar o'z kuchlariga ishonishlari. Buni ustida ishlayapmiz, ammo hozircha amalda o'xshamayapti. 

- Jamoaga nima etishmayapti?

- O'yin sifati etishmayapti. Hamma kurashlarda yutqazyapmiz. Hatto 2 ga 1 holatda mag'lub bo'lyapmiz. SHu tarafdan qiyin bo'lmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика