So’nggi yangiliklar

20:53РПЛ. "Зенит" ва ЦСКА Петербургда нурсиз дуранг ўйнади, Файзуллаев 67 дақиқа ўйнади  11 20:17Расман: Элдор Шомуродов — "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси!  13 19:58"Ахмат" - "Рубин". Ашурматов асосий таркибда  2 19:42Футболда янги қоида пайдо бўлди  5 19:34U20 Осиё Кубоги. Финалда ғолиб пенальтилар серияси орқали аниқланди  5 19:17РПЛ. Эсанов захирадан майдонга тушган баҳсда "Акрон" мағлубиятга учради  0 18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  1 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  3 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  19 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  4 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  10 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  23 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  4 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  23

Viktor Kumikov: "Biz uchun Pro liga va Superliganing farqi yo'q" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Biz uchun Pro liga va Superliganing farqi yo'q"

"Andijon" jamoasi Pro liganing ikkinchi turida o'z maydonida "Yangier-Quruvchi"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindan so'ng jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikovning fikrlarini tingladik.

-  Bugungi o'yinni qiyin o'tishini bilardik va kutilganidek kechdi. Birinchi turlardanoq jangovar o'yinni ko'rsatishimiz kerak. Ob-havo sababli maydon holati ham yaxshi emas. Qiyin o'yin bo'ldi, ammo imkoniyatlardan foydalanib qoldik. Yig'inlardagi og'ir yuklamalardan so'ng optimal formaga kirib olishimiz talab etilardi. Himoyada esa ishonchli harakat qildik. Albatta, hujumda ham yana boshqa vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo hammasini ham golga aylantira olmadik. Eng asosiysi, natijaga erishdik. Futbolda natija muhim, - deydi Kumikov. 

-  SHahboz Erkinov nima uchun maydonga tushirilmadi?

-  Buning sababi unda kichik jarohati bor edi. Kecha asosiy tarkib bilan shug'ullandi. Ungacha ikki kun biz bilan mashg'ulotlarda qatnasha olmadi. Oyoq mushaklari bilan bog'liq jarohat bor.

-  "Andijon" Pro ligada o'ynagan oldin. Pro liga bilan Superliga o'rtasida qanday farq bor?

-  Biz uchun farqi yo'q. O'yinchilar aynan pro ligaga yarasha taklif etilgan. Superligada esa shunga yarasha futbolchilar. Masalan, bugungi o'yinda to'p surgan Anvarov hatto birinchi ligada ham o'ynamagan. Biz esa mana shunday yoshlarning yoniga tajribali legionerlarni jalb qilganmiz. Biz shu tarkib bilan oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz. Albatta, Superliganing o'yin tezligi boshqa, pro ligada esa boshqacharoq va shunga yarasha tarkib tanlangan.

-  Birinchi bo'limda "Andijon" vaziyatlardan foydalanishga qiynaldi. Bu jamoada hujumchilar yo'qligidan darak beradimi?

-  Hujumchimiz bitta imkoniyatdan foydalandi, hali mavsum uzoq. Biz yana yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. O'tgan safar ham, bugun ham ochilish o'yinini o'tkazdik. Bizga qarshi o'ynayotgan klublarning oldida Superligaga chiqish maqsadi yo'q. SHuning uchun ular erkin, o'zlari xohlagandek o'ynashyapti, bosim yo'q. Bugungi uchrashuvda ilgari “Andijon”da o'ynab ketgan futbolchilar o'zini ko'rsatishga harakat qilishdi. Nimaga deganda, o'shalar ham “Andijon” tarkibiga kirishni xohlashgan. Biz darvozamizdan gol o'tkazmadik. 

-  Bogdan Milichning o'yinidan qoniqdingizmi?

-  U gol urdi, ishini qildi. Yana ko'ramiz, mavsum hali uzoq davom etadi. Farhod Sohibjonovda vaziyatlar bo'ldi. Maydonda xavfli vaziyatlarni yaratyapti. Ikkinchi qavatda to'plarni ham yutyapti. Muhimi, o'z ishini bajaryapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика