Viktor Karpenko: "Paxtakor"ning haqiqiy kuchini endi ko'ramiz"
18 apr 2014 11:26
Yangiliklar
Viktor Karpenko: "Paxtakor"ning haqiqiy kuchini endi ko'ramiz"
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Viktor Karpenko axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida mavsumni ajoyib boshlagan "Paxtakor" haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Jamoaning bunday startidan ajablandim deya olmayman. CHunki "Paxtakor" mana shu tarkib bilan bir necha yillardan buyon shakllanib kelmoqda. Jamoada tajribali va yosh o'yinchilardan iborat yaxshi tarkib bor. Albatta, ularning yo'qotishlarsiz ketayotganiga qoyil qolish kerak. Biroq shuni unutmaslik kerakki, "sherlar" hali "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" kabi asosiy raqobatchilari bilan to'qnash kelishgani yo'q. Mana shu jamoalar bilan o'yinlarda "Paxtakor"ning haqiqiy kuchini ko'ramiz.
O'tgan turda ular "Olmaliq"ni mag'lub etishdi. "Olmaliq" ham chempionatni yaxshi boshlaganini aytib o'tishim kerak. Bu jamoadar ham ko'p narsa kutsa bo'ladi, - deydi Viktor Karpenko "Futbol Ekspress" gazetasiga.

Fikrlar