So’nggi yangiliklar

19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 19:00U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  41 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  4 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  6 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  4 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   2 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0

Viktor Jalilov: "Bugun hech bir jamoa g'alabaga loyiq emasdi, shekilli" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Bugun hech bir jamoa g'alabaga loyiq emasdi, shekilli"

Coca Cola Superliga 7-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.



- O'zlaring guvohsizlar, shiddatli o'yin bo'ldi. Har bir jamoa xato qilmaslikka harakat qildi. CHunki bu kabi o'yinlarda yagona gol o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. Bitta golni ular urdi, bitta golga biz mualliflik qildik. Bugun kimdir xatoga yo'l qo'yganida mag'lubiyatga uchrashi aniq edi. Nazarimda bugungi natija haqqoniy bo'ldi. Har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar ko'p edi. Aftidan, bugun hech bir tomon g'alabaga loyiq emasdi, shekilli, - dedi Viktor Jalilov.

- Nega boshqa darvozabonlar xizmatidan foydalanmayapsiz?


- Asosiy darvozabonimiz O'tkir Yusupov hisoblanadi. Davronovni zaxira posboni sifatida jalb qilganmiz. Kubok o'yinlarida uni sinab ko'rmoqchi edik, lekin unda barmog'idan olgan jarohat bor edi. Hozir ham uni tarkibga jalb etish so'roq ostida, lekin tavakkal qilib qaydnomaga kiritdik. Rahimjon asosiy tarkib bilan doimo mashg'ulotlarda qatnashib kelmoqda.

- “Mashal” klubi tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlardan ko'nglingiz to'ldimi?


- "Mashal" jamoasiga yaratib berilgan sharoit uchun minnatdorchilik bildiraman. Transportdan tortib to maydongacha juda yaxshi tashkil qilib berishdi. Hammasi alo darajada bo'ldi.


- Zabihillo O'rinboev yaxshi o'ynab turgandi, uni nega o'zgartirdingiz?


- O'rinboev charchab qolgandek ko'rindi, shu sabab uni almashtirdik. Hujum chizig'ini kuchaytirish asosiy maqsadimiz edi. SHuning uchun maydonga yangi kuchlarni tashladik. Xavfli vpziyatlarimiz ko'p bo'ldi, lekin yuzaga kelgan vaziyatlardan biz foydalana olmadik.

- “Navbahor” bugun ochko oldimi yoki yo'qotdimi?

- Takror aytaman, durang adolatli natija. Har ikki jamoa ham g'alabaga munosib emas edi.


- O'z vaqtida “Mashal”da ishlagansiz. O'sha paytdagi jamoa bilan hozirgisining o'rtasida qanday farq bor?


- O'tgan davrdagi "Mashal" tarkibi ancha kuchliroq edi. CHunki tarkibda tajribali o'yinchilar jam bo'lgandi. Masalan Mirjalol Qosimov, SHuhrat Mirxoldirshoev, Dilaver Vaniev singari futbolchilar tarkibda bor edi. Hozirgi tarkib ham yomon emas, lekin o'sha davrdagi tarkib juda yuqori saviyada o'yin namoyish etgandi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика