So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Viktor Jalilov: "Agar birinchi davradan kelib chiqib fikr yuritsak, jamoamiz go'yo to'fonga tushib qolgan kemaga o'xshardi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Agar birinchi davradan kelib chiqib fikr yuritsak, jamoamiz go'yo to'fonga tushib qolgan kemaga o'xshardi"

Superliganing yakuniy 26-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Qo'qon-1912" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Murabbiy sifatida bu o'yin albatta, men uchun juda og'ir o'tdi. Tezkor gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik o'yin tizginini qo'lga oldik, gol ham urdik, keyinchalik ko'plab vaziyatlar yaratishimizga qaramay, ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa koncentraciyani yo'qotishimiz oqibatida raqib ikkita to'p kiritdi. Qaerdadir futbolchilardagi charchoq o'z so'zini aytdi, qaerdadir etiborsizlik pand berdi. Lekin yigitlar borlarini berishga harakat qilishdi, futbolda shunaqa holatlar ham bo'lib turadi. Vaholanki, ikkinchi bo'limda ham bir nechta imkoniyatlarga ega bo'ldik, bazi vaziyatlarda “Qo'qon-1912” darvozaboni yaxshi harakat qilgan bo'lsa, ayrim hollarda gol urish uchun futbolchilarimizga bir oz mahorat etishmadi. Umumiy hisobda, hujumlar va zarbalar soni bo'yicha raqibdan ustunlikka erishdik. Ammo futbolda har doim ham ko'p hujum qilgan jamoa g'alaba qozonavermaydi. Qaysidir manoda, bugun omad ham qo'qonliklar tomonida bo'ldi.

- “Navbahor”ning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida nima deya olasiz?

- Bilasizmi, agar birinchi davradan kelib chiqib fikr yuritsak, jamoamiz go'yo to'fonga tushib qolgan kemaga o'xshardi. Bir o'yinda g'alaba qozonsak, birida o'z maydonimizda ochko yo'qotdik, keyin esa mehmondagi uchrashuvlarda ochko oldik. Barqarorlik etishmadi. Ikkinchi davrada esa o'yinda muvozanatni tiklashga erishdik, “kema” ham to'g'ri yo'liga tushib, ravon “suzish”da davom etdi. Afsuski, qaysidir pallalarda aynan barqarorlikning etishmasligi pand berdi. Bu yilgi chempionat jamoa uchun yo'qotishli bo'ldi, demagan bo'lardim, mavsumdan negativga qaraganda ko'proq pozitiv oldik. O'yinlarni tahlil qilamiz, qaerda ijobiy jihatlar bor, qaerda kamchiliklar mavjud, shundan kelib chiqib, kelgusi mavsumga tayyorgarlik olib boramiz.

- Ikkinchi bo'limda nega yaxshi o'yin ko'rsatib turgan Ehsoni Panshanbe almashtirildi? O'sha vaziyatda ko'p imkoniyatlardan foydalana olmagan Zabihillo O'rinboevni nega o'yindan olmadingiz?

- Hujumlar va standartlar payti havodagi yakkakurashlarda qatnashishi uchun Zabihilloni maydonda qoldirdik. O'rinboev faollik ko'rsatdi, faqat so'nggi pallada unga omad etishmadi. Uchrashuv oxirida uning ham charchaganini sezgach, o'rniga boshqa futbolchini tushirdik. Panshanbening almashtirilishiga sabab shu.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика