So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Viktor Jalilov: "Hujumda muammolarimiz bor" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Hujumda muammolarimiz bor"

Coca Cola O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab "lochinlar" bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, o'yin haqidagi fikrlarini bildiradi.

"Hozirda barcha o'yinlar og'ir kechmoqda. Birinchi bo'limda "Bunyodkor", ikkinchi bo'limda esa "Navbahor" yaxshi o'ynadi. Ikkinchi taymda amalga oshirilgan o'zgarishlar o'yinimizni raqib maydoniga ko'chirdi, natijada bo'lim davomida ustunlikka erishdik. Vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik, birgina gol barchasini hal qildi. "Bunyodkor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman.

Albatta, o'yinni tahlil qilamiz, birinchi bo'limni yomon o'tkazganimiz sabablarini batafsil o'rganamiz. Ayrim futbolchilarga faollik etishmadi, ular ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Uchrashuvni chuqur tahlil qilishimiz kerak. Futbol shunaqa, birgina gol barchasini hal qiladi. 

Avvalgi uchrashuvlarda ham aytgandim, hujumda muammolarimiz bor. Tarkibimizga qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishiga umid qilgandik. Umuman olganda, hujumchilar muammosi ko'pchilikda bor. Kam sonli klublargina hujumdagi faolligi bilan maqtanishi mumkin. Ko'rikda qatnashganlar ishonchimizni oqlamadi.

Bizga ham jamoaning bunday holatga tushib qolgani yoqmayapti. Mashg'ulotlarda ayrim futbolchilar o'zlarini yaxshi ko'rsatishadi, o'yinlarda esa aksincha bo'lmoqda. Bugun ham ikkinchi bo'limda bir nechta vaziyatlar yaratdik, lekin qaerdadir mahorat, qaerdadir omad etishmayapti. Futbolchilarimiz qulay vaziyatga chiqib borib ham darvoza tomon zarba berishmayotgani ularga mahorat etishmasligidan darak beradi. Albatta, bu bizning muammomiz. Qolaversa, "Bunyodkor" ham tartibli himoyalandi, aynan shuning evaziga natijani saqlab qolishni uddalashdi", — deydi Viktor Jalilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика