So’nggi yangiliklar

07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  0 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  60 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1

Viktor Aleshnikov 69 yoshga to'ldi Yangiliklar

Viktor Aleshnikov 69 yoshga to'ldi

Bugun 26 iyun “SHo'rtan” Professional futbol klubi MCHJ Bosh direktori Viktor Georgievich Aleshnikov 69 yoshga to'lmoqda.

Butun hayotini futbolga bag'ishlagan V.G.Aleshnikov, dastlabki ish faoliyatini Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi BO'SMda boshlagan. 1977 yilda Respublika “Paxtakor” jamiyati Markaziy Kengashi tomonidan “Eng yaxshi murabbiy” deb topilgan. 1978 yildan esa hakamlik sohasini ham boshlagan. Respublika toifasidagi hakam sifatida O'zbekiston CHempionati, Kubogi bahslari hamda sobiq Ittifoq CHempionati uchrashuvlarini boshqargan.


Professional murabbiy sifatidagi ish faoliyatini 1994 yili Surxondaryoning “SHo'rchi” jamoasida bosh murabbiylikdan boshlagan. 2000 yillardan etiboran esa o'z taqdirini bevosita “SHo'rtan” jamoasi bilan bog'ladi. G'uzorda ko'p yillar bosh murabbiylikdan toki, murabbiy, futbol maktabi direktorligi, klubda avval texnik direktor, keyin esa sport ishlari bo'yicha direktor lavozimlarida fidokoran mehnat qilib keldi. O'tgan yillar davomida Viktor Aleshnikov jonkuyar ustoz sifatida juda ko'plab shogirdlarni tarbiyalab, kamolga etkazdi. Bugungi kunda uning shogirdlari jamiyatimizning turli sohalarida faol mehnat qilib, Vatanimiz ravnaqi uchun o'z bilim va ko'nikmalarini qo'shib kelishmoqda. Ulardan bazilar esa futbolda, jumladan Erkin Mirzaev, Botir Rasulov, Akmal Saitqulov “SHo'rtan” klubining o'zida samarali mehnat qilishmoqda.

Bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan masuliyatli lavozimda faoliyat ko'rsatayotgan tajribali mutaxassis Viktor Aleshnikovga klub xodimlari va barcha muxlislari nomidan sog'lik, muvaffaqiyatlar, jamiyatimiz ravnaqi yo'lida olib borayotgan fidoiy mehnatlaridan o'sib kelayotgan yosh avlod vakillari o'rnak olishlarini tilab qolamiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика