So’nggi yangiliklar

10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  6 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8

Videoga tushirishiga yo'l qo'yilmagan o'yinda "Surxon" "Lokomotiv" bilan jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Videoga tushirishiga yo'l qo'yilmagan o'yinda "Surxon" "Lokomotiv" bilan jangovar durang qayd etdi

Teglar :  Surxon Lokomotiv
Bugun Toshkentdagi TTYMI o'yingohida "Surxon" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hujumkor va gollarga boy o'tgan o'yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayt etildi. Dastlab, Islom Toshpulatov "Lokomotiv" himoyachilarining xatosidan foydalanib, ajoyib tarzda gol urib uchrashuvda hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o'tgandan so'ng, "Loko" futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Murod Bobojonov "Surxon"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunlashiga oz qolganda G'anixonov gol kiritib hisobni tenglashtirdi. 

Uchrashuvda qiziq holat ro'y berdi. Bugungi bahsni "Surxon" jamoasi video tasvirga olishiga "Lokomotiv" rahbariyati ruxsat bermadi. Qiziq?! Odatda nazorat uchrashuvlarida muhlislar va OAV kiritilmasligini eshitganmiz va ko'rganmiz. Lekin mehmon jamoa rasmiy vakili o'yinni video tasvirga olmasligi haqida birinchi marta guvohi bo'ldik. (vaholanki Loko o'yinni tasvirga oldi) Ko'pchilik aytishi mumkin balki ikki jamoa o'zaro shunaqa kelishgandir deb , yo'q - bunaqa kelishuv bo'lmagan edi! Mayli, shu yo'l bilan "Loko" Osiyo arenalarida yuqori marralarni egallasa biz bundan faqat xursand bo'lamiz.

Nazorat uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Surxon" 2:2

Gollar:
Islom Toshpo'latov (36), Sanjar Qodirqulov (39), Murod Bobojonov (48), Ibrohim G'anixonov (78)

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, SHuhrat Muhammadiev, Jaloliddin Jumaboev, Diego Bardanka, Xurshid Muxtorov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Javohir Sidiqov, Diyorjon Turopov, Marat Bikmaev.

"Surxon": Akrom Xodjaev, Vladimir Bubanya, Husniddin G'ofurov, Alisher Salimov, Behruz SHaydulov, Asror G'ofurov, Eldor Boymatov, Zohir Pirimov, Nuriddin Hasanov, Islom Toshpo'latov, Jasur Xolto'raev.
Zaxira: Azamat Ahmedov, Davron Merganov, Rustam Nortojiev, Javohir Esankulov, Murod Bobojonov, Jahongir Ahmadov, Temur Mamatmurodov, Nizomjon Norov, O'ral CHoriev, Kamoliddin Ashurov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика