So’nggi yangiliklar

22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2

Video tahlil. Olim Tolibjonov G'uzordagi o'yinda qanday xatolarga yo'l qo'ydi? Yangiliklar

Video tahlil. Olim Tolibjonov G'uzordagi o'yinda qanday xatolarga yo'l qo'ydi?

Xabaringiz bor, G'uzor shahrida kechgan "SHo'rtan" - "Navbahor" bahsi 3:3 hisobida yakun topdi.

O'yin davomida maydon egalari 3:1 hisobida oldinda borayotib, g'alabani saqlab qola olishmadi. "Navbahor" futbolchilari keyinchalik ikkita to'p kiritib, safardan durang bilan qaytishdi. 

Bilasiz, ushbu uchrashuvni boshqarib borgan Olim Tolibjonovga nazoratchi Alisher Abdullaev 4,0 ball qo'ydi. Bu esa ikki baho deganidir. O'yin videoyozuvi qo'limizga tekkach, katta etirozlarga sabab bo'lgan asosan to'rtta vaziyatga etibor qaratishni lozim topdik.  

Birinchi bahsli vaziyat: gol qoidaga ko'ra to'g'rimi?

Quyidagi videoda "SHo'rtan" futbolchisi Laziz Ubaydullaev gol urgan vaziyatga etibor bering. Undan oldin Igor Taranga chap qanotdan to'p etkazib beriladi. SHundan so'ng "Navbahor" darvozaboni jarima maydonchasi tashqarisida (balki ichkarisida, har holda aniq bir gap aytish qiyin) to'pni qo'li bilan urib yuboradi. Hakam jarima to'pi belgilaydi va darvozabonga sariq kartochka ko'rsatadi. "SHo'rtan" futbolchisi to'pni nuqta tomon dumalatib kelib shu zahoti o'yinni boshlab yuboradi va hujum gol bilan tugaydi. Xo'sh, bu vaziyatda urilgan gol to'g'rimi? Hakam sariq kartochka ko'rsatganidan keyin o'yinni to'xtatishi kerakmidi?

TAS-IX


TAS-IX emas


Ikkinchi bahsli vaziyat: to'p qo'lga tekkanmi?
Bu vaziyat ikkinchi taymda ro'y bergan. Igor Taran to'pni o'ng qanotdagi Laziz Ubaydullaevga etkazib beradi. "SHo'rtan" futbolchisi biroz oldinga harakat qilib to'pni erlatib jarima maydonchasi ichiga uzatadi. SHunda "Navbahor" himoyachisi Mirzohid G'ofurov yiqilayotib to'pni qaytarib yuboradi. Savol tug'iladi: Mirzohid G'ofurov bu vaziyatda to'pni qo'li bilan qaytarganmi? Videoni ko'ring va o'zingiz xulosa chiqaring.

TAS-IX


TAS-IX emas


Uchinchi bahsli vaziyat: penalti bormidi? 
To'p bilan harakat qilayotgan Igor Taran uch futbolchi orasidan jarima maydonchasi tomon kirib keladi. SHunda "Navbahor" futbolchisi jarima maydonchasi ichida undan to'pni olib qo'yishga urinadi. Savol: raqib o'yinchisi Taranni yiqitdimi? Uning oyog'i tekkanmi? Agar yiqitgan bo'lsa, penalti bormidi? Vaziyatni ko'ring va o'zingiz baho bering.

TAS-IX


TAS-IX emas

To'rtinchi bahsli vaziyat: futbolchi yiqilganda hakam o'yinni to'xtatishi kerakmidi?
O'yindagi eng ko'p bahs-munozaraga sabab bo'lgan holat 87-daqiqada ro'y berdi. Hakam "SHo'rtan" darvozasi tomon jarima to'pi belgilaydi. To'p havolatib jarima maydoni ichiga oshirilgach, "SHo'rtan" himoyachisi Obid Jo'raboev o'z jamoasi darvozaboni bilan to'qnashib ketishi natijasida erga yiqiladi. Xavfni baratf etish maqsadida g'uzorlik boshqa futbolchi to'pni jarima maydonchasi tashqarisiga tepib yuboradi. 

Hakam orqasiga qarab erda yiqilib yotgan futbolchini ko'radi, lekin o'yinni to'xtatmaydi. Natijada mehmonlar o'yinni davom ettirishadi. Oybek Qilichev to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatadi. Bu vaziyatda Ro'zimboy Ahmedov to'pga sakrab bosh bilan aniq zarba yo'llaydi va jamoasining uchinchi golini kiritadi. Mana shu gol sabab "Navbahor" o'yinni 3:3 hisobida yakunlaydi.

Endi savol tug'iladi. Futbolchi jarohat olib erda yiqilib yotgan mahal hakam o'yinni to'xtatishi kerakmidi? O'z darvozaboni bilan to'qnashib ketgan Obid Jo'raboev darhaqiqat jiddiy jarohat olgan va stadionning o'zidayoq tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda uchrashuv protokolida ham keltirib o'tilgan va tasdiq sifatida "SHo'rtan" shifokori Alisher Abdurahmonov imzo chekkan. 

Ushbu vaziyatni ko'rar ekansiz, "Navbahor" feyr pleyga amal qilishi kerakmidi degan savol ham yuzaga keladi. Bizga malum bo'lishicha, himoyalanayotgan jamoa futbolchisi to'pni tepib voqea joyidan uzoqlashtirdimi, hakam shu zahoti hushtak chalib o'yinni to'xtatishi kerak. CHunki jarima maydonchasi ichida boshqa bir futbolchi jarohat olib erda yotibdi. Lekin hakam o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan va natijada hujum qilayotgan jamoaning hujumi gol bilan yakunlangan.

TAS-IX emas

TAS-IX 



Xulosa o'rnida
Biz o'yin qoidalari bo'yicha mutaxassis emasmiz va vaziyatlarni ko'rib chiqib qaror chiqara olmaymiz. SHu bois har bir bahsli vaziyatga yondoshayotganda xulosa bildirishdan ko'ra so'roq gaplarni ishlatishga harakat qildik. Mana shu to'rtta vaziyat bo'yicha malakali hakamlar yoki nazoratchilar fikr bildirgani maqul deb o'ylaymiz. 

Bizning ishimiz esa bahsli vaziyatlarni o'quvchi hukmiga havola qilish xolos, xulosa chiqarib qaror qabul qilish emas. Agar biz keltirib o'tgan yuqoridagi videolavhalarni ko'rib, birorta hakam yoki nazoratchida bahsli vaziyatlarni futbol qoidalari bo'yicha tushuntirib berish fikri tug'ilsa, marhamat, Sizni eshitishga tayyormiz. 

X.Xoliqov.
Video montajchi: Zoir Tursunboev. 


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика