Vetnamlik futbolchi 28 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
08 mar 2014 20:05
Yangiliklar


Vetnamlik futbolchi 28 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
Vetnam terma jamoasining markaziy himoyachisi Tran Din Don futbol tarixidagi eng uzoq muddatli diskvalifikaciyani “qabul qilib” oldi.
Bu darajadagi qattiq jazoga mamlakat milliy chempionatidagi o'yin sabab bo'lgan. Don raqib futbolchisiga nisbatan juda qo'pol harakat qilgan va uning oyog'ini sindirgan. Jabrlanuvchi futbolchi jarohati sabab endi kamida 1 yil maydonga tusha olmaydi.
Qo'shimchasiga, 26 yoshli futbolchi 576 funt miqdoridagi jarimani to'lashga majbur bo'ladi.Futbolchida ushbu jazo yuzasidan shikoyat qilish huquqi bor.

Fikrlar