"Vest Xem" Souchekga yaxshilangan shartnoma taklif qiladi
12 fev 2022 12:53
Yangiliklar
"Vest Xem" Souchekga yaxshilangan shartnoma taklif qiladi
Londonning "Vest Xem" klubi chexiyalik legioner Tomash Souchekning darajasidan mamnun va unga yangi mehnat shartnomasi taklif qilishga tayyor.
"Bolg'a urarlar" tez orada yarim himoyachi bilan muzokaralar o'tkazishadi va yaxshilangan moliyaviy shartlar bilan shartnoma imzolashadi. Uning amaldagi bitimi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Souchek joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Tomash London klubiga 2020 yilda Praganing "Slaviya" jamoasidan o'tgan edi.
Fikrlar