"Vest Xem" "Manchester Yunayted" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
28 iyu 2021 14:33
Yangiliklar
"Vest Xem" "Manchester Yunayted" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Vest Xem" joriy transfer oynasida mudofaa chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
SHu sabab "bolg'a urarlar" "Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jonsga etiborni qaratishdi.
29 yoshli futbolchi anchadan beri manchesterliklar tarkibiga kirmayapti va katta ehtimol bilan sotib yuboriladi. "Qizil iblislar" maoshlar miqdorini tushirish uchun uni sotib yuborishga tayyor.
Fil 2011 yildan beri MYUda o'ynaydi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
23:22
APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 5ta gol urdi, Abduqodir Husanov maydonga tushmadi 230
Fikrlar