“Vest Xem” 44 million evroga Arnautovich bilan xayrlashishi mumkin
13 jan 2019 09:26
Yangiliklar
“Vest Xem” 44 million evroga Arnautovich bilan xayrlashishi mumkin
“Vest Xem Yunayted” hujumchisi Marko Arnautovich jamoa bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Axborot agentligi xabariga ko'ra, London klubi rahbariyati futbolchini 44 million evroga sotishi mumkin.
Ilgariroq Xitoy klublaridan biri hujumchi uchun 35 million funt (39 million evroga yaqin) mablag' taklif etgandi. SHuningdek, avstriyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgandi.
29 yoshli Arnautovich joriy mavsumda “Vest Xem” safida APlda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol (bittasi penaltidan) urish bilan birga ikki bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikrlar