So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  21 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Vesko Steshevich: "Rosti mehmonlar sardori nega chetlatilganini tushunmadim" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Rosti mehmonlar sardori nega chetlatilganini tushunmadim"

Coca-cola Superliga 6-turi doirasidagi “Metallurg” – OKMK (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Uchrashuvni raqib kutmagan tarzda, shiddatli boshladik. O'yin boshidayoq yaxshi vaziyatlar yaratdik. Gol urishimiz ham mumkin edi. Darvoza ustuni raqibning joniga oro kirdi. Raqib o'yinchisi chetlatilgan holatgacha ham biz ustunlikka ega bo'lib turgandik. Rosti mehmonlar sardori nega chetlatilganini tushunmadim. Qaysidar jamoaning maydonda kamchilik bo'lib qolishini to'g'risi yoqtirmayman. SHuningdek, menga birinchi taymda kiritgan golimizni ham nega hisoblashmaganligi nomalumligicha qoldi.

Biz bundan oldingi kubok uchrashuvini aynan derbi uchun qurbon qilgandik. Bugun qarorimiz to'g'ri bo'lganligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Asosiy tarkibni asraganligimiz bugun o'z so'zini  aytdi.

-  Yangi klubingizdagi faoliyatingizni ikkita during bilan boshlagandingiz. Mazkur uchrashuv oldidan shogirdlaringizga qanday ko'rsatmalar bergandingiz?

-  Menda futbolchilar bilan muloqot qilish uchun vaqt etarli bo'ldi. Ularning imkoniyatlarini sinchkovlik bilan kuzatdim. Qolaversa, yigitlar viloyat derbisini yutishni juda istashayotganligini ko'rdim. Menimcha, bundan ortiqroq motivaciya bo'lmasa kerak. Futbolchilarimiz o'zlarining potencial imkoniyatlarini to'liq namoyish etishdi. Yanada ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi. Bu futbol. Aksi ham sodir bo'lishi ehtimoli yo'q emasdi. Yangi jamoani qabul qilib olganimdan so'ng, juda ko'p malumotlarga ega bo'ldim. Ularni o'rganishga, tahlil etishga ham ulgurdim. Birinchi uchrashuvga nisbatan menda tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli bo'ldi.  Afsuski, endi ritmga kirib borayotgan paytimizda bazi o'yinchilarimiz terma jamoalarga jalb etilyapti. Bu albatta klubdagi ishlarimizga o'zgartirishlar kiritishimizga  olib keladi. 

-  Ayrim o'yinchilar, xususan Zabihillo O'rinboev hamda Marko Obradovichlarning jismoniy holati haqidagi fikringizni bilmoqchi edik. Ular charchab qolishmadimi bugun?

-  Bu savol sizda nima uchun tug'ilganini bilmayman. Zabihilloning maydonda bajarayorgan ish hajmini tasavvur qilayapsizmi? O'rinboevdagi foydali ish koefficenti juda yuqori. Tabiiyki, o'yin oxiriga kelganda toliqish bo'ladi. Biroq shogirdlarimning jismoniy tayyorgarligidan ko'nglim to'q, ayniqsa Zabihilloning jamoamizdagi etakchilik rolini alohida etirof etgan bo'lardim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика