So’nggi yangiliklar

08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  0 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  7 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  3 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  26

Vadim Abramov: "Muxlislarimiz uydagi g'alabani sog'inib qolishgandi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Muxlislarimiz uydagi g'alabani sog'inib qolishgandi"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Dinamo" - OKMK (1:0) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Samarqandda uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik va bu bilan muxlislarni tabriklayman. Bizni qo'llab turgan va stadionga kelgan hammaga rahmat. Uchrashuvga keladigan bo'lsak, bugun juda yaxshi jamoa bilan o'ynadik. OKMK raqobatli jamoa, chempionat etakchilaridan biri. Shu bois g'alaba qozonganimiz ikki karra xursand qildi. Yigitlar ko'p kuch sarflashdi, endi keyingi bahs uchun tezrok tiklanmasak bo'lmaydi.

- OKMK ayniqsa oxirgi daqiqalarda yaxshi futbol namoyish etib gol urib ketadi. Bugun ham shunday bo'lishi mumkin edi, ammo jamoangiz yaxshi himoyalana oldi.

- Biz raqibning standartlarda kuchli ekanini bilardik, shu bois "ikkinchi qavat"da yaxshi o'ynaydigan futbolchilarni tushirdik. Yana bir bor futbolchilarimizga rahmat, 20 avgust kuni yana maydonga tushamiz va shu o'yinda ham bor kuch bilan harakat qilishlarini tilab qolaman.

-  Bugun tarkibda rotaciyaga qo'l urdingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Har o'yindan oldin raqibni o'rganib chiqqan holda tarkibni belgilaymiz. Bilasiz, asosiy darvozabonimiz bo'yi unchalik baland emas. OKMKda bosh bilan yaxshi o'ynaydigan futbolchilar borligini inobatga olib, darvozaga Edem Nemanovni qo'ydik. Boshqa chiziqlarga ham shunday o'zgarishlarni qildik.

- Viloyat hokimi bilan gashlaganingizda yangi stadion va baza haqida gap borgandi.

- Viloyat hokimimizga katta rahmat, "Dinamo" uchun hamma sharoitni qilib beryapti. O'ylashimcha, shu yilning o'zida yangi bazamiz foydalanishga topshiriladi. Hammasi sekin-asta bo'ladi. 

- Ulug'bek Hoshimovning jarohati haqida

- Uning tezroq sog'ayib ketishidan umidvorman. "So'g'diyona" bilan o'yingacha tayyor bo'lishini jamoa shifokorlari bilan maslahatlashib hal qilamiz.

- Turnir jadvalida juda zich holat yuzaga kelgan. "Dinamo"ning imkoniyatlari qanday deb o'ylaysiz? Har holda byudjet tomonlama bizdan ancha yuqori jamoalar bilan bellashishga to'g'ri keladi.

- Maydonda pul futbol o'ynamaydi, futbolchilar futbol o'ynaydi. Biz ham eng yaxshisiga umid qilamiz. Mavsumni "Nasaf" bilan o'ynab yakunlaymiz. Bu oxirgi o'yinimiz bo'ladi va shu uchrashuvda ham ko'p narsa hal bo'lib ketishi mumkin.

- Stadiondagi muhit haqida

- Men muxlislarimizni tabrikladim. Bugun stadionda juda yaxshi muhit hukmron surdi. Ishqibozlar 12-o'yinchidek o'zlarini tutishdi. Muxlislar bizga doim ko'mak berib turishadi. Muxlislik borasida Samarqand alohida ajralib turadi, muxlislar bizni qo'llagani stadionga kelishadi va o'z navbatida biz ham ular oldidagi masuliyatni his qilamiz. Shu bois ham matbuot anjumanini o'z maydonimizda uzoq kutilgan g'alaba bilan boshladim, chunki ishqibozlar uydagi yutuqni sog'inib qolishgandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика