So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Vesko Steshevich: "Paxtakor" - bizga qarshi o'yinda hisobda oldinda borib, vaqtni cho'zmagan yagona jamoa bo'ldi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Paxtakor" - bizga qarshi o'yinda hisobda oldinda borib, vaqtni cho'zmagan yagona jamoa bo'ldi"

"Paxtakor" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 17-tur o'yinidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vesko Steshevich: "Yigitlarimiz bugun yaxshi harakat qilishdi. Menimcha, birinchi bo'limda yomon ko'rinmadik. Ikkinchi taymda bazi o'zgarishlar amalga oshirdik va hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Yigitlar shu ruhda o'ynashda davom etsa, ko'p ochko to'play olamiz. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Ular bizga qarshi o'yinda hisobda oldinda borib, vaqtni cho'zmagan yagona jamoa bo'ldi. Ularga omad tilayman."

- "Metallurg" bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. Gol urish uchun jamoaga nima etishmadi?

- Bazida so'nggi pas noaniq bo'ldi, bazida to'g'ri qaror qabul qila olmadik.

- Ushbu o'yinda "Surxon"dagi scenariy takrorlandi. Bugungi va o'sha bahs o'rtasida qanday farq bor? Ayni damda "Metallurg" qanday futbolni qurishga harakat qilyapti?

- "Surxon"ga qarshi bahs boshqacharoq o'tgandi. O'sha bahsda o'yinni yomon boshlaganmiz. O'yinimiz raqibga va tarkibimizning holatiga bog'liq.

- O'rinboev o'yini haqida nima deya olasiz? Siz uni qayta kashf qildingiz.

- Zabihillo O'rinboev "Metallurg" futbolchisi ekanidan xursandman. U inson va futbolchi sifatida o'zini yaxshi tomondan namoyish etmoqda. Zabihillo oxirigacha kurashadi. O'rinboev shu ruhda davom etsa, kelajakda yanada ko'proq gol urishi mumkin. Uning o'yinida hech narsani o'zgartirmadim. Uning o'zi o'zgardi. Zabihillo shunchaki ko'rsatmalarimizni bajarmoqda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика