Verratti Italiya termasi ixtiyoriga bormaydi
20 sen 2022 00:30
Yangiliklar


Verratti Italiya termasi ixtiyoriga bormaydi
Marko Verratti jarohati sababli Italiya termasining navbatdagi uchrashuvlarida qatnashmaydi.
PSJdagilar futbolchining "Lion"ga qarshi o'yin vaqtida chap oyog'ining boldir qismidan jarohat olganini malum qilgan. SHu sababli u Italiya termasi ixtiyoriga jo'natilmadi. Markoning qachon safga qaytishi aniq emas.
"Marko o'ynay olmaydi. Hatto u yura olmayapti. Katta ehtimol bilan Fratezzini chaqirsak kerak. Ko'ramiz. Tonalida ham kichik muammo bor. Pellegrinining holatini yaqin vaqtlar ichida muhokama qilamiz. Politano esa, fikrimcha, o'yinga tayyor", - dedi Manchini.
Italiya termasi 23 sentyabr kuni Angliya bilan, 26 sentyabr kuni esa Vengriya bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar