Venger: "Men Jozening kitobini o'qiganim yo'q va o'qimayman ham"
23 sen 2016 14:19
Yangiliklar
Venger: "Men Jozening kitobini o'qiganim yo'q va o'qimayman ham"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "CHelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 6-tur bahsi haqida fikr bildirdi.
"CHelsi"ga qarshi so'nggi ikki o'yinda bir 10 kishi bo'lib o'ynadik. Ertaga qanday o'ynashimiz va tartibliroq bo'lishimiz juda muhim.
Aaron Remsiga to'xtaladigan bo'lsak, u hali jarohatidan qutilgani yo'q. Remsi "Bazel" va "Byorli"ga qarshi bahslarda ham o'ynay olmaydi" - deydi Venger.
Jurnalistlardan biri matbuot-anjumanida franciyalik mutaxassisdan "MYU ustozi Joze Mourinoning kitobini o'qidingizmi?" deb savol berdi. Vengerning javobi quyidagicha bo'ldi: "Men Jozening kitobini o'qiganim yo'q va o'qimayman ham. Bunga izoh berish niyatim yo'q".
Fikrlar