Venger JCH har 2 yilda o'tkazilishi haqida: “Hammaga foyda bo'ladi, pirog yanada kattalashadi”
21 dek 2021 09:15
Yangiliklar
Venger JCH har 2 yilda o'tkazilishi haqida: “Hammaga foyda bo'ladi, pirog yanada kattalashadi”
FIFAning global rivojlansh bo'yicha rahbari Arsen Vengerning fikricha, jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish barcha uchun foyda bo'ladi.
“O'rganishlar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy tarafdan hech qanday muammo bo'lmaydi. Hammasi ijobiy bo'ladi, chunki pirog yanada kattalashadi.
Biz bir oy ichida saralash o'yinlarini o'tkazishni istamoyatgan Evropa jamoalarining talablarini inobatga oldik”, deydi Venger.
Oldinroq, FIFA rahbari Janni Infantino mundiallarning o'tkazish muddatini qisqartirish birinchi to'rt yillikning o'zida 4,4 mlrd qo'shimcha mablag' keltirishi haqida aytgandi.
Fikrlar