Venger: "Hozirgi "Bavariya" 2013 yilgi jamoadan kuchsiz"
11 okt 2020 03:10
Yangiliklar


Venger: "Hozirgi "Bavariya" 2013 yilgi jamoadan kuchsiz"
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Myunxenning "Bavariya" klubi to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– "Bavariya" CHempionlar Ligasida barcha o'yinlarni yutdi, jumladan, 8:2 hisobida "Barselona"ni. Ushbu jamoa futbolning yangi tarixidagi eng zo'rimi?
– Bu so'nggi yillarning ham eng yaxshi "Bavariya"si emas. 2013 yilda trebl qayd etgan jamoa kuchliroq edi.
Men klubning hozirgi natijalarini kamsitmoqchi emasman. "Bavariya" ayni paytda Evropada tengsiz. Ammo buning sababi shundaki, boshqa katta jamoalar yo'q. "Barselona" kuchsiz. "Real" kuchsiz.
Lam, Riberi, Robben, SHvaynshtayger, Kroos. O'shanda klubning har bir poziciyasida top-o'yinchilar harakatlanardi. Jamoa yana rivojlanishi mumkin, ehtimol, 2013 yilgi darajaga chiqar. Ammo hozircha ular eng yaxshisi emas, – dedi franciyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar